268
kastlanadi. Bronxopnevmoniya uchun
bemorning yoshiga aloqa-
dor o‘ziga xos o‘zgarishlar xarakterlidir.
O‘pka emfizemasi.
«Emfizema» termini so‘z ma-so‘z «ko‘-
chish» deb tarjima qilinadi. O‘pkaning ko‘chishi emfizemaning
asosiy ko‘ri ni shidir. Surunkali umumiy vezikulyar emfi zema 45–
50 yoshlarda kelib chiqishi mumkin, ammo ba’zan
uning belgi-
lari oldindan paydo bo‘ladi. Bu kasallik o‘pka alveolalari haj-
mining kattalashishi, alveola yo‘llarning
kengayishi, alveol yar
to‘siqlarning atrofiyasi va yo‘qolishi bilan xarakterlanadi, oqi-
bat natijada alveolalar guruhi
katta pufaklar hosil qilib, qo‘shi-
lib ketadi. Ayni vaqtda asinuslararo va bo‘lakchalararo to‘siqlar
sklerozga uchraydi. O‘pkaning ayrim qismlari shishib ketgan pu-
faklarga aylanadi. Alveolalar orasidagi teshiklar keskin kengaya-
di va qo‘shni alveolalar yo‘llari bir-biriga tutashib qoladi. Bu-
larning hammasi o‘pka nafas sathining
keskin kamayishiga olib
keladi. Emfizema qovurg‘alar va bronx lar tog‘ayining bo‘shashi
bilan davom etadi. Ko‘krak qafasi bochkaga o‘xshash shaklga ki-
radi, uning nafas harakatlari keskin chegaralanadi. Ko‘krak qa-
fasi hamma vaqt go‘yo nafas olgan holat da turganday bo‘la-
di. Nafas chiqarish qiyinla shadi va shunchalik kuchsiz bo‘ladi-
ki, bemor ba’zan hatto shamni ham puflab o‘chira olmaydi. Bu-
larning hammasi birgalikda nafasning ko‘proq ekspirator turda
harsillash bilan
keskin buzilishiga olib keladi, nafas chiqarish
qiyinlashadi.
Alveolyar to‘siqning yupqalanishi,
sklerozi va yemirilishi tu-
fayli o‘pkaning kapillyar to‘ri qisqaradi va ularda qon aylanishi
yetishmay qoladi. Bunda bronxlar, bo‘laklararo to‘siqlar bo‘ylab
o‘tuvchi tomir larning skleroziga ham imkoniyat tug‘iladi. O‘pka-
da qon aylanishining buzilishi o‘ng yurakda yuk bo‘lib tushadi,
natijada qon aylanish tizimida o‘zgarishlar kelib chiqadi.
Shuning
uchun ham o‘pka emfizemasi bor bemorlar, ko‘pincha, yurak-to-
mir yetishmovchiligidan halok bo‘ladilar.
Dostları ilə paylaş: