265
behosdan yo‘qoladi – bu afoniya deyiladi. Shilliq parda shishib,
nafas olish qiyinlashadi, bo‘g‘ilish – asfiksiya yuz beradi.
Atelektaz
deb puchayib qolgan o‘pka to‘qimasiga aytiladi. Ate-
lektaz bo‘lgan qismlar qattiqlashgan havosiz ko‘rinadi. Atelek-
tazga o‘pkaning plevra bo‘shlig‘i tomonidan ezilishi yoki o‘pka-
ning biror qismiga havoning kelmay qolishi olib keladi. O‘pka-
ga havoning yetmay qolishiga bronxlarning
turli xil yot narsa-
lar: yemi ralayotgan o‘pka to‘qimasi, yallig‘lanish ekssudati, nafas
olish yo‘llari o‘smasi bilan tiqilib qolishi sabab bo‘ladi.
Ba’zida atelektaz chaqaloqlarda uchraydi va uni tug‘ma ate-
lektaz deb ataydilar. Homilaning o‘pkasi puchaygan holda bo‘lib,
birin chi nafas olgandan so‘ng bolaning o‘pkasi yoziladi.
Nafas
fao liyati sust bo‘lganda esa, o‘pka qismlari puchaygan holatda qo-
laveradi. Ba’zi tadqiqotchilar bunday puchaygan qismlarni barcha
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qoladi
deb hisoblaydilar va ular-
ni nafas aktiga qo‘shilmaydigan fiziologik nafas atelektazi, ya’ni
zaxira qismlar sifatida baholaydilar.
Bronxit.
Bronxit kechish xarakteriga ko‘ra ikkiga: o‘tkir va
surun kali turga bo‘linadi.
O‘tkir bronxit,
odatda, infeksiyalar natijasida yuzaga kela-
di: ko‘ pincha,
ularni pnevmokokklar, kataral mikrokokk, strepto-
kokk keltirib chiqaradi.
O‘tkir bronxit ko‘pgina yuqumli kasalliklarda kuzatiladi. Ko‘-
pincha, o‘tkir bronxit tomoq va traxeyaning yallig‘lanishi – la-
ringit va traxeit bilan birga kechadi. Bronxit,
traxeit va laringit-
larning chiqib kelishida shilliq pardaning infeksiya qo‘zg‘atuv-
chisiga nisbatan qarshilik ko‘rsatishini pasaytiruvchi sovuq qotish
katta ahamiyat ga ega. Bronxlar, kekirdak
va tomoq shilliq par-
dasining ta’sirlanishi va keyinchalik yallig‘lanishiga, ko‘pincha,
chang, efir, xloroform, formalin bug‘lari bilan uzoq vaqt nafas
olish sabab bo‘ladi. Kataral bronxit ko‘p uchraydi.
Unda shilliq
parda shishib, qonga to‘lishadi, balg‘am to‘planib shilliq pardani
ta’sirlab ref lektor ravishda yo‘tal kelib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: