261
ni keltirib chiqaruvchi refleks plevra va qorin pardasi ta’sirlan-
ganda paydo bo‘ladi. Bunday hollarda yo‘tal
moslashish aha-
miyatiga ega emas, chunki u nafas olish yo‘llarini
tozalash zaru-
riyati bilan kelib chiqmaydi. U yengillik tug‘dirmaydi va tinkani
qurituvchi ta’sir ko‘rsatadi. Davomli yo‘tal
tez-tez takrorlanuv-
chi havo bosimining o‘pkada ortishini keltirib chiqaradi va al-
veolalar o‘rtasidagi to‘siqlarning
ajralib ketishiga, ularning havo-
ga to‘lib qolishiga yoki emfizema holatiga olib keladi.
Yo‘tal vaqtida o‘pkada bosimning
ortishi qon aylanishining
buzilishini keltirib chiqaradi. Bosim o‘pkalar yaqinidagi kavak
venalarga
uzatiladi, bu yurakka qon kelishini qiyinlashtiradi, ve-
nalarda qon to‘xtab qolishini va stenoz
holatlarini keltirib chiqa-
radi. Yo‘talning quyidagi turlari bo‘ladi:
1. Qo‘pol, vovullashga o‘xshash yo‘tal – laringitda.
2. Quruq, ozorli, to‘xtovsiz yo‘tal – traxeit, rak, plevritda.
3. Nam yo‘tal – bronxitda.
4. Qisqa, og‘riqli yo‘tal – pnevmoniyada.
5. Bo‘g‘iq yo‘tal – emfizemada.
6. Ovozsiz yo‘tal – sil, hiqildoqni zahm kasalligida.
Aksa urish
– burun shilliq pardasining ta’sirlanishiga javob
sifatida paydo bo‘ladi. Aksa urganda
burun orqali keskin nafas
chiqadi va uning bo‘shlig‘ini yot jismlardan yoki shilliq modda-
dan tozalaydi.
Dostları ilə paylaş: