Bolalarda nafas olish tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlariga ko’ra tekshirish usullari. Birinchi nafas mexanizmi. Tashqi nafas faoliyatlarini baxolash mezonlari



Yüklə 20,15 Kb.
səhifə1/3
tarix12.10.2022
ölçüsü20,15 Kb.
#65006
növüReferat
  1   2   3
REFERAT2




REFERAT
_____________
_____________
_____________


Bolalarda nafas olish tizimining anatomo-fiziologik xususiyatlariga ko’ra tekshirish usullari. Birinchi nafas mexanizmi. Tashqi nafas faoliyatlarini baxolash mezonlari.
Yuqori nafas yo’llari — burun, burun halqumi, bo‘g‘iz,
hiqildoq. Kichik yoshdagi bolalar bosh suyagining yuz tomon kismi yetarlicha rivojlanmaganligi sababli burun va shu bilan birga burun-halqum bo‘sh lig‘i kichik va qisqa bo’ladi. Yangi tug'ilgan bola hayotining birinchi oylarida burun yoilari tor, quyi burun yo'li yo‘q darajada bo‘lib, u faqat to‘rt yoshlar atrofida takomillashadi.
Yuz suyaklarining, ustki jag‘ning shakllanishi va tishlaming yorib chiqishiga qarab burun yo‘llarining uzunligi ortadi vakengayadi, yuqori jag’ esa tez o ‘sa boshlab, 3 yoshda takomilga yetadi.
Shuningdek bolalarda bodomcha bezlarining xususiyatlari
yana shundan iboratki, ularda kriptalar va tomirlar zaif
rivojlangan b o ‘ladi. Bodomcha bezlarining yetarlicha
rivojlanmaganligi natijasida bola hayotining birinchi yillarida angina (tomoq kurtagining yalligManishi) juda kam uchraydi. Bolalarning yoshiga qarab limfoid to‘qimalaming rivojlanishi
bilan birga bodomcha bezlarining hajmi ham kattalashadi: 4-10 yillar mobaynida limfoid to ‘qimalar keskin ravishda
rivojlanadi va 14-15 yoshlarda ularning orqaga qarab
rivojlanishi yuz beradi. Bodomcha bezlari gistologik jihatdan limfa tugunlariga yaqindir, ehtimol, ular muayyan bir himoya kilish vazifasini
bajarsa kerak. Limfoid to‘qimalar mikroblaming tushishiga ta’sirlanib o‘sadi (giperplaziya) va qisman mikroblar halok bo‘ladi, baiki bu hoi retikuioendotelial sistemalaming bir qismi lakunalarning chuqurligida o‘zlari uchun eng qulay oziq beruvchi muhit topib, u yerda qolishiga va ba’zi hollarda bodomcha bezlarining surunkali yallig’lanishi paydo bo’lishiga
sabab bo'ladi. Keyingi ma’lumotlar b o ‘yicha, bodomcha bezlari immunologik himoya organi hisoblanib, organizmga kirib kelgan mikroorganizmlarni tutib qoluvchi parda vazifasini bajaradi. Birinchi antigen-antitelo reaksiyasi shu bezlaming semiz hujayralarida ro‘y beradi. Klinik tajribalar surunkali tonzillit bilan bir necha
kasalliklarning, chunonchi gripp, angina, revmatizm va
boshqalaming orasida aloqa bortigini ko‘rsatadi. Burun-halqum bodomcha bezlarining patologik o‘sib ketishida (adenoidlarda) ko‘pincha xoanalar yo‘li bekiladi va nafas olish buziladi. Bola og‘zi bilan nafas oladi, kechalari xurrak otadi, po‘ng‘illab gapiradi, eshitish qobiliyati pasayadi. Yuz ko‘rinishi o‘zgaradi (adenoidga xos yuz), ichki holatning tashqi qiyofada ifodalanishi
so’lgan, lablari qalin, og‘zi ochiq bo‘ladi.
Hiqildoqtovush hosil qilish vazifasini bajaradigan a ’zo
bo‘lib, bolalarda voronkasimon shaklda, teshigi kattalamikiga qaraganda ancha tor, uning kemirchagi qayishqoq va nozikdir,
yasama tovush boylamlari va shilliq pardalari nozik, unda qon tomirlari ko‘p b o ‘ladi, uch yoshgacha bo‘lgan o‘g ‘il va qiz bolalarda hiqildoqning shakli katta-kichikligi baravardir, 10 yoshdan e rk ak h iq ild o g ‘i uchun o ‘ziga xos o ‘zgarish boshlanadi.
Birinchi 6-7 yilliklarda tovush naychalari oralig‘i nisbatan tor bo‘ladi. Ilk bolalik davrida hiqildoqning nafas olish bosimi yetarlicha rivojlanmagan, shilliqlarida juda ko‘p bezlar bo‘ladi. Ko‘krak yoshidagi bolalarda haqiqiy tovush boylamlari kata bolalamikiga qaraganda qisqa, bu bilan ham qisman bu yoshda tovushning balandligi izohlanadi. Bolalarda hatto hiqildoq pardasi sal yaliig‘langanda ham nafas olishi b u z ilad i, shunda hiqildoq teshigi torayadi, shuningdek limfoid to‘qima qon tomirlari chala rivojlanadi.
Hiqildoq– erta yoshdagi bolarda voronkasimon tuzilishda, kattalarda silindrsimon bo’lib, kattalarga nisbatan yuqorida joylashgan bo’ladi. Bolalarda ovoz tirqishi IV bo’yin umurtqasiga, kattalarda VII- bo’yin umurtqasiga to’g’ri keladi. Tog’aylari nozik, egiluvchan, ovoz yorigi tor, shilliq qavati qon-tomir va limfa tomirlarga boy, limfa bezlari yaxshi rivojlanmagan.Ovoz yorigi 6-7 yoshgacha tor boladi.Chin ovoz boylami kattalarga nisbatan kalta bolganligi sababli yosh bolalarning ovoz tembri yuqori bo’ladi. 12 yoshda ovoz boylami ogil bolalarda qizlarga nisbatan uzun boladi. 3 yoshgacha hikildoq shakli ogil va qiz bolalarda bir xil boladi. 3 yoshdan keyin ogil bolalarda qalqonsimon bez plastinkasi qo’shilish burchagi o’tkir burchak hosil qiladi, bu ayniqsa 7 yoshlarda sezilarli darajada kuzatiladi. 10 yoshda hikildoq kattalarnikiga o’xshash bo’ladi. Shilliq qavati qon va limfa tomirlariga boy bo’lib, shish hosil bo’lishiga moyillik kuzatiladi.Shular sabab 2- 3 yoshlik bolalarda laringit ko’pincha hikildoq yo’lini torayishi (stenozli laringit, krup) bilan kechadi. Hiqildoq ovoz mushaklari qisqa, elastik to’qimasi rivojlanmagangi sababli yosh bolalarda ko’proq nafas olishning qiyinlashuvi krup kuzatiladi.

Yüklə 20,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin