Anatomiya 2014. indd


uch: oldingi, o‘rta va orqa  qismlarga bo‘linadi. Oldingi ko‘ks oralig‘i



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
uch: oldingi, o‘rta va orqa 
qismlarga bo‘linadi.
Oldingi ko‘ks oralig‘i
 
to‘sh suyagi tanasi bilan perikardning 
oldingi devori o‘rtasida yotadi. Unda ko‘krak ichki qon tomirla-
ri, to‘sh yoni, oldingi ko‘ks oralig‘i, perikard oldi limfa tugunla-
ri joylashadi.
O‘rta ko‘ks oralig‘ida
 
perikard, yurak, yurak-qon tomirlar, 
bosh bronx, diafragma nervi, traxeya bronxial limfa tugunlari 
joylashadi.
Orqa ko‘ks oralig‘i
 
perikard bilan umurtqa pog‘onasi o‘rtasi-
da yotadi. Unda pastga tushuvchi aorta, toq va yarim toq vena-
lar, qizil o‘ngach, adashgan nervlar, ko‘krak limfa yo‘li, o‘ng va 
chap simpatik poya, limfa tugunlari joylashadi.
Nafas a’zolari fiziologiyasi
Nafas olish hayot uchun kerak asosiy jarayon bo‘lib, unda ti-
rik organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida gaz almashinuvi ro‘y be-
radi. Bu jarayonda organizm tashqi muhitdan oksidlanish jarayo-
ni uchun kerak bo‘lgan kislorodni qabul qiladi va tashqariga ok-
sidlanish natijasida hosil bo‘lgan karbonat angidridni chiqaradi. 
Gaz almashinuvi murakkab jarayon bo‘lib uch bosqichdan iborat: 
1) tash qi nafas; 2) gazlarni qonda tashilishi; 3) ichki nafas.
O‘pka alveolalari bilan tashqi muhit o‘rtasida havo almashi-
nuvi tash qi nafas deyiladi. Ko‘krak qafasining ritmik harakati 
o‘pka alveolyarida havoni ventilyatsiyasini ta’minlaydi va uning 
tarkibini doimiyligini saqlab turadi. O‘pkaga oqib kelgan vena 
qoni karbonat angidriddan bo‘shab, kislorod bilan to‘yinadi. Na-
fas olish jarayoni ikki bosqichdan: nafas olish – inspiratsiya va 
nafas chiqarish-ekspiratsiyadan iborat. Nafas olganda kislorod-
ga boy atmosfera havosi alveolalarga kiradi, nafas chiqarilganda 
esa karbonat angidridga to‘yingan havo tashqariga chiqadi. Tinch 
holatda bo‘lgan sog‘ odam minutiga 16-–20 marta nafas oladi 


257
va chiqaradi. Nafas olganda uzunchoq miyada joylashgan nafas 
markazida ritmik qo‘zg‘alish lar paydo bo‘ladi va undan nerv im-
pulslari orqa miyaning nafas markaziga, keyin diafragma va qo-
vurg‘alararo nervlar orqali nafas mushaklariga boradi.
Odamning nafas olish apparatiga ko‘krak qafasini harakatga 
keltiruvchi mushaklar va o‘pka nafas yo‘llari kiradi. Eng aso-
siy nafas musha gi bo‘lib diafragma, shuningdek, tashqi va ich-
ki qovurg‘alar aro mu shaklar hisoblanadi. Diafragma qisqargani-
da yassilanib past ga tushadi va qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarni past-
ga va oldinga itarib, siljitadi, natijada ko‘krak bo‘shlig‘i vertikal 
yo‘nalishda kattalashadi. Tashqi qovurg‘alararo mushaklar qisqa-
rib, qovurg‘alarni ko‘tarishi natijasida ko‘krak qafasi ikki yonga 
va orqadan oldinga qarab kenga yadi. Ko‘krak qafasi kengaygani-
da o‘pkalar ko‘krak qafasi harakati orqasidan faol yo‘naladi va 
o‘pka bo‘shlig‘i bosimi atmosfera bosimidan pasayadi. Natijada 
atmosfera havosi o‘pkaga kirib nafas olish ro‘y beradi.
Nafas chiqarganda diafragma bo‘shashadi va qorin bo‘shlig‘i 
a’zolari bosimi ostida yuqoriga ko‘tarilib, o‘z shaklini egallay-
di. Ko‘krak qafasi o‘zining og‘irlik kuchi va ichki qovurg‘alararo 
mushaklarning qisqarishi bilan pastga tushib, o‘z holatini egallay-
di. Cho‘zilgan o‘pkalar o‘zining elastiklik xususiyati bilan h ajm 
jihatidan kichrayadi va havo o‘pkadan tashqariga chiqib, nafas 
chiqarish ro‘y beradi. Chuqur nafas olganda ko‘krak va bo‘yin 
mushaklari ishtirok etsa, chuqur nafas chiqarganda qorin mu-
shaklari ishtirok etadi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin