Anatomiya 2014. indd


kekirdak bezlari joylashgan.  Kekirdakni tash qi tomondan adventitsial parda



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
kekirdak bezlari joylashgan. 
Kekirdakni tash qi tomondan adventitsial parda
 
o‘rab turadi.
Bronxlar
Bosh bronxlar
 
kekirdakdan V ko‘krak umurtqasining yuqori 
chekkasida boshlanib o‘pka darvozasiga tomon yo‘naladi (129-
rasm). O‘ng bosh bronx qisqa va keng, vertikal yo‘nalgan bo‘lib, 
kekirdakning bevosita davomidir. Shuning uchun o‘ng bosh 
bronx ga yot tanalar chapiga qaraganda ko‘proq tushadi. Uning 
uzunligi 3 sm bo‘lib, 6–8 tog‘aydan tuzilgan. Chap bosh bronx 
ingichka va uzunligi 4–5 sm bo‘lib, 9–12 to g‘aydan iborat. Bosh 
bronxlarning orqasida parda devori bo‘lib, ich tomondan shilliq
tashqarisidan adventitsial parda bilan qoplangan.
O‘pka darvozasida o‘ng bosh bronx uchta, chapi esa ikki 
bo‘lak bronx ga bo‘linadi. O‘ng o‘pkaning yuqori bo‘lak bronxi 
arteriyaning ustida yotadi va epiarterial bronx deb ataladi. Uning 
boshqa bo‘lak bronxlari va chap o‘pka bo‘lak bronxlari arteriya-
ning ostida yotadi.
Bo‘lak bronxlari (129-rasm) o‘pka darvozasiga kirib, o‘z nav-
batida, segmentar bronxlarga
 
bo‘linadi. O‘ng yuqori bo‘lak bron-
xi uchta, o‘ng o‘rta bo‘lak bronxi ikkita, o‘ng pastki bo‘lak bron-
xi beshta segmentar bronxlarga bo‘linadi. Chap yuqori va past-


252
ki bo‘lak bronx 
larini har biri beshtadan segmentar bronxlarga 
bo‘linadi. Segmentar bronxlar o‘pkaning biriktiruvchi to‘qimali 
qatlam bilan ajralgan, uchinchi tartibli bronx va o‘pka arteriyasi 
tarmog‘i bilan ta’minlangan qismi – bronx-o‘pka segmentiga ki-
radi. Segmentlar asosi o‘pkaning yuzasiga qaragan noto‘g‘ri konus 
yoki piramida shaklida.
Segmentar bronxlar, o‘z navbatida,
 
9–10 martagacha dixoto-
mik bo‘ li nadi va diametri 1 mm, devorida tog‘ay bo‘lgan bo‘lak-
cha bronxi
 
hosil bo‘ladi. Bo‘lakcha bronxi bo‘lakcha ichida 18–
20 oxirgi bronxiolalarga bo‘linadi. Ularning miqdori ikkala o‘pka-
da 20 000 ga yaqin bo‘lib, devorida tog‘ay bo‘lmaydi. Har bir oxir-
gi bronxiola dixotomik bo‘linib, devorida alveolalari bo‘lgan na-
fas bronxiolasini

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin