Bronxial astma
Astma (yunoncha asthma — halloslash,
boʻgʻilib qolish) — bronxlar teshigining
toʻsatdan torayib qolishi (qarang Bronxiol
astma) yoki yurak kasalliklari natijasida
(qarang Yurak astmasi) tutadigan
boʻgʻilish xuruji. Astma tutganda darhol
shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish
zarur. Astma qanday sababga koʻra kelib
chiqqan boʻlishidan qatʼi nazar, bemorni
oyogʻini pastga osiltirib oʻtqazish va xona
havosini yangilash zarur. Dori-darmon
faqat shifokor ruxsati bilan beriladi
Bronxial kanallarning
qisqarishi va havo
o’tishini kamayishiga olib keladigan
bronxial astma nafas yo’llarining
surunkali kasalligiga kiradi.
Astmaning eng ko’p uchraydigan
simptomlari o’z ichiga quyidagilarni oladi:
bronxospazm, yo’tal va xirillab nafas olish
hurujlari oqibatida nafas olishning
qiyinlashishi. Bu hurujlar ayniqsa tunda
Bronxial astmani davolaygidan dorilar
va erta saharda ro’y beradi. Agar bemor
astmaga qarshi davolansa, uning
simptomlari tamoman yoki qisman yo’q
bo’lishi mumkin. Astma hurujlari allergen
moddalar ta’sir qilganda(chang, o’simlik
gullar changi, hayvonlar juni, patlari,
ayrim oziq-ovqat turlari), jismoniy kuch
ishlatilganda, sovuq havodan nafas
olganda yoki nafas yo’llariga infektsiya
yuqqanda ro’y berishi mumkin.
Astma kasalligiga moyil odamlar odatda
ko’krak qafasi siqishi, meyyoridan ortiq
so’lak ajrab chiqishi, uyquning
bezovtalanishi yoki nafas olishning
tezlashishidan shikoyat qiladilar.
Astmani qo’zg’atadigan
omillardan
ehtiyot bo’lish muhimdir(allergenlar va
sovuq havo ta’siridan). Davlash o’z ichiga
asosan yallig’lanishga qarshi dorilar bilan
birga ishlatiladigan bronxlarni
kengaytiradigan dorilarni qabul
qilish(masalan, steroidlarni).
Fizioterapiya muolajalari va nafas olish
mashqlari xam e’tibordan chetda
qolshishi kerak emas.
[1]
.
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
http://referat.arxiv.uz
Manbalar
Havolalar
Tibbiyotga oid ushbu maqola chaladir. Siz
uni boyitib, Vikipediyaga yordam
berishingiz mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
Soʻnggi tahrir 2 oylar avval Minorax tomonidan amalga oshirildi
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Bronxial_astma&oldid=21586
40
" dan olindi