Har bir tirik organism hayoti, unda kechadigan kimyoviy jarayonlar, modda va energiya almashinuvi tashqi muhit bilan bog’liq . Muhitning ekologik o’zgarishi undagi jarayonlarni buzilishiga turli xil kasalliklarni kelib chiqishiga sababchi bo’ladi. Har yili yerda taxminan 6 mln. rak hodisasi ro’yhatga olinadi va bu son o’sib bormoqda. Bunday iflos kasalliklar paydo bo’lishining 75-90% I muhitni harxil omilllarini ta’siri bilan bog’langan. Inson paydo bo’libdiki uning hayoti ekologik muhit faktorlari: yorug’lik havo namlik, harorat, bosim va boshqalari bilan bog’liq. Insonlar o’zlaridan chiqadigan turli chiqindilarni havo, suv, tuproqqa tashlaydilar bular esa atrof mmuhitni ifloslaydi. Iflos havodan nafas olgan, suvni ichgan, iflos tuproqda yetishtirilgan sabzavot mevalarning yegan odamlar biz yuqorida aytib o’tgan kasalliklarga duchor bo’ladi. Modda va energiya almashinuvi jarayonlarining organizmda normal kechishi uchun ekologik muhit sog’lomligini doimo ta’minlashimiz kerak.