Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xalqaro Nordik Universiteti Mavzu: Maqola va tezisning o'zaro farqli jihatlari Taqdimot



Yüklə 458,11 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü458,11 Kb.
#186793
  1   2   3   4
Maqola va tezisning o\'zaro farqli jihatlari

OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI Xalqaro Nordik Universiteti Mavzu:Maqola va tezisning o'zaro farqli jihatlari Taqdimot

  • OLIY TA’LIM , FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI Xalqaro Nordik Universiteti Mavzu:Maqola va tezisning o'zaro farqli jihatlari Taqdimot

Bajardi: Abdiganiyeva Madina
Maqola va tezisning o'zaro farqli jihatlari
Reja:
Maqola haqida tushuncha
Tezis haqida tushuncha
Maqola va tezisning farqli jihatlari
Maqola (arab tilidan olingan) — publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilgʻor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xo'jaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh Maqola, nazariy va targʻibot maqola, muammoli Maqola keng qoʻllanadi. Bosh Maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan Maqola) tahririyatning eng masʼuliyatli Maqolasi boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi.
Bunday Maqola muayyan masala yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yulini belgilab berishi lozim.Maqola Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh Maqolada ochib beriladi.
Nazariy Maqola va targʻibot Maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy gʻoya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy Maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli Maqola munozara va bahsla-shuv mazmunida boʻlib, unda biror masala yuzasidan muallif oʻz qarashlarini oʻrtaga tashlaydi.
Oʻzbekistonda Maqola janri tarixi, asosan, „Turkiston viloyatining gazeti“ bilan bogʻliq. Unda ijtimoiysiyosiy hayotning turli sohalari oʻz ifodasini topgan (Furqat, Ibrat, Hakimxon va boshqalar).
Keyinchalik taraqqiyparvar oʻzbek milliy matbuotida Hamza, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻz Maqolalari bilan ishtirok etishgan. Hozirgi ommaviy vositalarida Maqolaning hamma turlarida materiallar berib boriladi.maqola bu dolzarb mavzularni yorituvchi nashrdir.

Yüklə 458,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin