251
Kekirdakning bo‘yin qismi
VII
bo‘yin
umurtqasi sohasida joy-
la shadi. Bu qismda uning old tomonida ikkinchidan to to‘rtinchi
kekirdak tog‘aylari sohasida qalqonsimon bezning bo‘g‘zi tura-
di. Bezning o‘ng va chap bo‘laklari esa beshinchi yoki oltinchi
tog‘aygacha tu shadi. Kekirdakning orqa tomonida qizilo‘ngach,
yon tomonida esa bo‘yinning tomir li – nervli dastasi yotadi.
Kekirdakning ko‘krak qismi
orqasida qizil o‘n gach,
oldida aor-
ta ravog‘i, yelka-bosh poyasi, chap yelka-bosh
venasi va ayrisimon
bez, o‘ng va chap tomonlarida mediastinal plevra joylashadi.
Kekirdakning asosi o‘zaro kekirdakning halqasimon boy-
lamlari
vositasida birikkan 16–20 ta kekirdak tog‘aylaridan
ibo-
rat. Ular kekirdak aylanasining uchdan ikki qismini egallaydi.
Ularni orqa tomondan aylanma va bo‘ylama yo‘nalishdagi
shilliq
mushak tolalaridan tashkil topgan parda devor
biriktirib turadi.
Kekirdak devorini ichki tomondan
kiprikli epiteliyli shilliq
parda qop lagan. Unda shilliq bezlari va limfoid tugunchalar bor.
Uning ostidagi shilliq osti asosda
Dostları ilə paylaş: