Anatomiya 2014. indd


chekkalarida lateral  qalqonsimon-til osti boylamini



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
chekkalarida lateral 
qalqonsimon-til osti boylamini
 
hosil qiladi.


247
Hiqildoq mushaklari ko‘ndalang-targ‘il mushaklar guruhi-
ga kiradi (127-rasm). Ular hiqildoq tog‘aylarini harakatga kel-
tirib, hiqildoq bo‘shlig‘i va ovoz yorig‘i kengligini o‘zgartira-
di. Hiqildoq mu shaklari faoliyatiga qarab uch guruhga: ovoz 
yorig‘ini kengaytiruv chi, siquvchi va ovoz boylami tarangligini 
o‘zgartiruv chi mushak larga bo‘linadi.
I. Ovoz yorig‘ini kengaytiruvchi mushakka orqa uzuksimon-
cho‘michsimon mushak kiradi. Bu juft mushak uzuksimon tog‘ay 
plastinkasining orqa yuzasidan boshlanadi, lateral va yuqori to-
monga yo‘nalib, cho‘michsimon tog‘ay mushak o‘siqchasiga biri-
kadi. Qisqarganida mushak o‘siqchasini orqaga tortib, cho‘mich-
simon tog‘ayni lateral tomonga buradi, natijada ovoz o‘siq chasi 
lateral tomonga buriladi va ovoz yorig‘i kengayadi.
II. Ovoz yorig‘ini toraytiruvchi mushak larga: lateral uzuksi-
mon cho‘michsimon mushak, qalqonsimon-cho‘ michsimon mu-
shak, ko‘ndalang cho‘michsimon mushak va qiyshiq cho‘michsi-
mon mu shaklar kiradi.
1. Lateral uzuksimon-cho‘michsimon mushak juft, uzuksimon 
tog‘ay ravog‘ining lateral qismidan boshlanib, orqaga va yuqoriga 
yo‘nalib, cho‘michsimon tog‘ayning mushak o‘siqchasiga birikadi. 
Qisqarganida mushak o‘siqchasi oldinga yo‘nalib, cho‘michsimon 
tog‘ay va uning ovoz o‘siqchasi ichkariga buriladi. Buning nati-
jasida ovoz boylamlari bir-biriga yaqinlashadi va ovoz yorig‘ining 
oldingi qismi torayadi.
2. Qalqonsimon-cho‘michsimon mushak juft, qalqonsimon 
to g‘ay plastinkasi ichki yuzasidan boshlanadi. Uning tolalari or-
qaga biroz yuqoriga yo‘nalib, cho‘michsimon tog‘ayning mushak 
o‘siqchasiga birikadi. O‘ng va chap mushaklar 
qisqarganida, mushak o‘siqchasini oldinga tor-
tadi va ovoz o‘siqchalari bir-biriga yaqinlashib, 
ovoz yorig‘ining oldingi qismi torayadi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin