Anatomiya 2014. indd


va bi- roz bilinadigan pastki qalqonsimon o‘yma



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
va bi-
roz bilinadigan pastki qalqonsimon o‘yma
 
bo‘ladi. Yaproqning or-
qa chekkasida uzun ustki shox va qisqa pastki shox joylashgan. Ik-
kala yaproqning tashqi yuzasida qiyshiq chiziq
 
joylashgan bo‘lib, 
to‘sh-qalqonsimon va qalqonsimon-til osti mushaklari birikadi.
Uzuksimon tog‘ay
 
toq gialin tog‘ay bo‘lib, uzuk shaklida, oldin-
ga qaragan uzuksimon tog‘ay ravog‘i
 
va orqaga qaragan to‘rtbur-
chak uzuksimon tog‘ay plastinkasidan
 
iborat. Uzuksimon tog‘ayda 
ikki juft bo‘g‘im yuzasi bo‘lib, uning bir jufti plastin kaning ust ki 
chekkasi burchaklarida joylashib, o‘ng va 
chap cho‘michsimon tog‘aylar bilan biri-


246
kadi. Ikkinchi jufti uzuksimon
 
tog‘ay ravog‘ini plastinkaga o‘tgan 
joyida bo‘lib, qalqonsimon tog‘ayning pastki shoxi bilan bo‘g‘im 
hosil qiladi. 
Hiqildoq usti tog‘ayi
 
toq elastik tog‘ay, barg shaklida bo‘ladi. 
U hiqildoqqa kirish teshigi ustida old tomonda joylashgan. Uning 
to ray gan hiqildoq usti tog‘ayining butog‘i qalqonsimon tog‘ayning 
ich ki yuzasiga birikkan, qavariq oldingi y uzasi til ildiziga, orqa 
botiq yuzasi hiqildoq bo‘shlig‘iga qaragan bo‘ladi.
Cho‘michsimon tog‘ay
 
juft gialin tog‘ay bo‘lib, uch qirra-
li piramida shaklida. Uning uchburchak shaklidagi asosi
 
pastga 
qaragan bo‘lib, uzuksimon tog‘ay bo‘g‘im yuzasi bilan harakat-
chan bo‘g‘im hosil qiladi. Cho‘michsimon tog‘ay uchi o‘tkir va 
biroz orqaga egilgan. Cho‘michsimon tog‘ay asosidan oldinga qa-
rab ovoz boylami birikadigan ovoz o‘siq chasi,
 
lateral tomonga qa-
rab mushak birikadigan mushak o‘siqchasi
 
chiqqan. Cho‘michsi-
mon tog‘ayni uchta: oldingi lateral, medial va orqa yuzasi tafo-
vut qilinadi.
Shoxchali tog‘ay
 
juft, kichkina, konussimon elastik tog‘ay 
bo‘lib, cho‘michsimon tog‘ayning uchida cho‘michsimon-hiqil-
doq usti burmasi ichida joylashgan.
Ponasimon tog‘ay
 
juft kichkina elastik tog‘ay bo‘lib, cho‘mich-
simon-hiqildoq usti burma ichida shox simon tog‘aydan oldinda va 
yuqorida yotadi.
Hiqildoq tog‘aylari o‘zaro va til osti suyagi bilan bo‘g‘imlar 
hamda boylamlar vositasida birikadi. Hiqildoq tog‘aylari harakati 
ikki juft bo‘g‘imga mushaklarning ta’siri ostida bo‘ladi.
Uzuksimon-qalqonsimon bo‘g‘imi
 
qalqonsimon tog‘ayning 
pastki shoxi bilan uzuksimon tog‘ayning oldingi yon yuzasidagi 
bo‘g‘im yuzasi o‘rtasida hosil bo‘ladi.
Uzuksimon-cho‘michsimon bo‘g‘im
 
ham juft bo‘lib, cho‘-
mich simon tog‘ay asosidagi bo‘g‘im yuzasi bilan uzuksimon 
tog‘ay plastinkasidagi bo‘g‘im yuzasi o‘rtasida hosil bo‘ladi.
Cho‘michsimon tog‘ayni uchi bilan shoxsimon tog‘ay o‘rtasi-
da sinxondroz hosil bo‘ladi. Hiqildoq til osti suyagi bilan qalqon-
simon tog‘ayning yuqori chekkasi va til osti suyagi o‘rtasida tor-
tilgan qalqonsimon-til osti pardasi
 
vositasida bog‘langan. Bu par-
da keng biriktiruvchi to‘qimali qatlam bo‘lib, o‘rta qismida qalin-
lashib, o‘rta qalqonsimon-til osti boylamini,

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin