Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Peretonit
Qorin pardaning yallig‘anishiga peretonit deyiladi. Peretonitga 
qorin bo‘shlig‘ining jarohatlari, oshqozon-ichak yara kasalliklari, 
appendisit, xolesistit va boshqa kasalliklar sabab bo‘lishi mumkin. 
Ichki a’zolar yorilganda, avvaliga «xanjarsimon» og‘riq qayd qi-
linadi. Keyinchalik og‘riq biroz pasayadi, bemor oyoqlarini qor-
niga tortib yotadi, yuz qiyofasi o‘tkirlashgan, ko‘zlari kirtaygan, 
rangi kulrang-zaxil bo‘lib, «Gippokrat qiyofasi» deyiladi. Bemor-
ning harorati 38–39 °C gacha ko‘tariladi, keyin normaga tushadi. 
Haroratning pulsdan orqada qolishi xarakterli bo‘lib, bu «qaychi 
simptomi» deyiladi. Puls tezlashadi, arterial bosim pasayadi, tili 
qurib, karash qoplaydi va ketma-ket qusadi.
NAFAS A’ZOLARI TIZIMI
Nafas a’zolari tizimiga burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, kekirdak
bronx lar va o‘pka kiradi. Nafas tizimida nafas yo‘llari (burun 
bo‘shlig‘i, hiqildoq, kekirdak va bronxlar) va juft nafas a’zosi – 
o‘pka tafovut qilinadi. O‘pkada alveolalardagi havo bilan qon 
o‘rtasida gaz almashinuvi ro‘y beradi. Nafas yo‘llari joylashishi-
ga qarab yuqori va pastki nafas yo‘llariga bo‘linadi. Yuqori na-
fas yo‘llariga burun bo‘shlig‘i, halqumning burun va og‘iz qismi, 
pastki nafas yo‘llariga hiqildoq, kekirdak, bronxlar kiradi. Na-
fas yo‘llarining devori suyak va tog‘aydan tashkil topgani uchun, 
uning bo‘shlig‘i doim ochiq bo‘ladi. Nafas yo‘lining ichi shil-
liq parda bilan qoplangan. Unda kiprikli epiteliy, ko‘p sonli shil-
liq bezlari bo‘ladi. Nafas yo‘llari orqali o‘tgan havo asosiy na-
fas a’zosi bo‘lgan o‘pkaga boradi va u yerda gaz almashinuvi so-
dir bo‘ladi. 


243
124-rasm. Burun bo‘shlig‘ining lateral devori. Sagittal kesma.
O‘ng tomoni:
1–xo‘roz toji; 2–yuqori burun chiganog‘i; 3–burun-halqum yo‘li;
4–ponasimon suyak bo‘shlig‘i; 5–eshituv 
yo‘lining halqum teshigi; 6–halqum murta-
gi; 7–nay bolishi; 8–atlantning oldingi ra-
vog‘i; 9–o‘qli umurtqa; 10–nay-halqum 
burmasi; 11–yumshoq tanglay; 12–qat-
tiq tang lay; 13–ustki lab; 14–pastki burun 
yo‘li; 15–burun dahlizi; 16–burun ostonasi; 
17–pastki burun chig‘anog‘i; 18–o‘rta bu-
run yo‘li; 19–o‘rta burun chig‘anog‘i;
20–ustki burun yo‘li; 21– peshona bo‘shlig‘i.
Burun
Burun sohasi tashqi burun va burun bo‘shlig‘idan iborat. Tash-
qi burunda burun ildizi, usti, uchi va qanotlari tafovut qilinadi. 
Tashqi burunning asosini burun suyagi, ustki jag‘ suyagining pe-
shona o‘sig‘i va bir nechta gialin to‘gaylar hosil qiladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin