Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya


tojsi-
mon boylam,
 
o‘ng va chap uchbur-
chakli boylamlarni
 
hosil qilib jigarga 
o‘tadi. 
Qorinparda old tomondan jigarning 
o‘tkir qirrasini, orqa tomondan orqa 
qirrasini aylanib o‘tib, uning visseral 
yuzasini qoplaydi. O‘ng bo‘lakdan qo-
rinparda o‘ng buyrakning yuqori uchi-
ga jigar-buyrak boylamini
 
hosil qilib 
o‘tadi. Jigar darvozasidan esa qorin-
pardaning ikki varag‘i-duplikatura-
si (bittasi darvozaga jigarning past 
ki 
yuza sini old tomonidan, ikkinchisi or-
qa qismidan) oshqozonning kichik egriligiga jigar-osh qozon boy-
lamini va o‘n ikki barmoq ichakning yuqori qismiga jigar-o‘n ikki 
barmoq ichak boylamini
 
hosil qilib o‘tadi. Bu ikkala boylam bir-
birining davomi bo‘lib, birgalikda kichik charvi deb ataladi. Osh-
122-rasm. Qorinpardaning 
erkaklar qorin bo‘shlig‘ida 
yo‘nalishi. Sagittal kesma:
1–jigarning tojsimon boyla-
mi; 2–jigar; 3-jigar-osh qozon 
boylami; 4–charvi qopchasi;
5–oshqozon osti bezi; 
6–ko‘ndalang chambar ichak 
tut qichi; 7–o‘n ikki barmoq 
ichak; 8–ingichka ichak tutqi-
chining ildizi; 9–och ichak; 
10–to‘g‘ri ichak; 11–to‘g‘ri 
ichak-qovuq chuqurchasi;
12–prostata; 13–siydik qopi; 
14–yonbosh ichak; 15–katta 
charvi; 16–parietal qorinpar-
da; 17–qorin parda bo‘shlig‘i;
18–ko‘ndalang chambar 
ichak; 19–oshqozon;
20–diafragma.


239
qozonning kichik egriligida jigar-osh qozon boylami ikki varaqqa 
bo‘linadi. Uning oldingi va orqa devorini qoplab oshqozonning 
katta egriligida ular yana birikadi. So‘ngra ko‘ndalang chambar 
ichak va ingichka ichak qovuzloqlari oldidan pastga tushib katta 
charvining
 
oldingi qatlamini hosil qiladi. Uning oshqozon katta 
egriligi bilan ko‘ndalang chambar ichak o‘rtasidagi qismi oshqo-
zon-chambar ichak boylami
 
deb ataladi. Katta charvining oldingi 
qatlami ma’lum sohada orqaga qayrilib, uning orqa qatlamini ho-
sil qiladi. Ko‘ndalang chambar ichakka yetib borgach, katta char-
vining orqa qatlami ko‘ndalang chambar ichakning charvi tasmasi 
va uning tutqichiga birikadi. Ko‘ndalang chambar ichakning tut-
qichidan yuqorida bu qatlamlar parietal qorinpardaga o‘tib, osh-
qozon osti bezini old tomondan qoplaydi va qorin bo‘shlig‘ining 
orqa devoriga o‘tib ketadi. Katta charvining oldingi va orqa qat-
lamlari o‘rtasida yog‘ kletchatkasi bo‘ladi. Qorinpardaning oshqo-
zon katta egriligidan chiqqan ikki varag‘i chapga taloq darvozasi-
ga yo‘na lib, oshqozon-taloq boylamini, oshqozonning kardial qis-
mi bilan diafragma o‘rtasida oshqozon-diafragma boylamini hosil 
qiladi. Qorinning oldingi devorini qoplagan parietal qorinparda 
kindik bilan qov simfizi o‘rtasida 5 ta 
burma: toq o‘rtadagi kindik burmasi,

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin