Korxonaning segmentar hisoboti



Yüklə 378,5 Kb.
səhifə1/8
tarix22.10.2023
ölçüsü378,5 Kb.
#159536
  1   2   3   4   5   6   7   8
KORXONANING SEGMENTAR HISOBOTI


KORXONANING SEGMENTAR HISOBOTI
Reja:
Kirish…………………………………………………………………………..2
Asosiy qism
1. Segmentar hisobotning mohiyati, turlari va shakllari ……………………3
2. Segmentar hisobot javobgarlik markazlari faoliyatini baholashning asosi sifatida…………………………………………………………………………….6
3. Хo’jalik yurituvchi subektlarning segmentlari bo’yicha hisobot tizimini tuzishning vazifalari va bosqichi………………………………………………….17
Xulosa ………………………………………………………………………...33
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati …………………………………………...35


Kirish
Buxgalteriya hisobi registrlari bilan tanishishga ruxsat olgan shaxslar maxfiylikni saqlashi shart. Maxfiylikni buzganlik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo’ladi”1.
Boshqaruv hisobida mustaqil ishlab chiqilgan yoki markazlashtirilgan holda tasdiqlangan boshqaruv hisobotlari maqsadga muvofiq. Bu hisobot shakllarini an’anaviy jurnal-order shaklini qo’llamaydigan korxonalar (kichik korxonalar, fermer xo’jaliklari, buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shaklini qo’llayotgan korxonalar, buxgalteriya hisobini kompyuterda maxsus ishlab chiqilgan jadvallarda olib borayotgan korxonalar), shuningdek, hisobning jurnal-order shaklini qo’llashga moslashtirilgan korxonalar ham (analitik hisob shakllariga o’zgartirish kiritish yo’li bilan, masalan, yangi qo’shimcha qator va ustunlar qo’shish orqali, ammo mavjud hisob tizimini buzmasdan zarur ma’lumotlar olish uchun muvofiqlashtiriladi) yuritishlari mumkin.
Boshqaruv hisobotining standart (minimal) to’plamiga asos bo’ladigan quyidagi muhim shakllarini keltirish mumkin:

  • materiallar va butlovchi qismlar zahiralari to’g’risida hisobot;

  • tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha hisobot;

  • ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmatlar) to’g’risida hisobot;

  • xarid qilingan qiymatliklar to’g’risida hisobot;

  • tayyor mahsulot zahiralari to’g’risidagi hisobot;

  • sotishlar to’g’risidagi hisobot;

  • pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;

  • debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida hisobot;

Moliyaviy hisobotning afzallik tomoni moliyaviy holatni, korxona faoliyati natijalarini tahlil etishda axborot manbasi sifatida qo’llanilishida namoyon bo’lsa, segmentar hisobot ma’lumotlari esa biznesning har bir segmenti ish sifatini baholash imkonini beradi.

Yüklə 378,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin