Korxonaning segmentar hisoboti



Yüklə 378,5 Kb.
səhifə5/8
tarix22.10.2023
ölçüsü378,5 Kb.
#159536
1   2   3   4   5   6   7   8
KORXONANING SEGMENTAR HISOBOTI

Ko’rsatkichlar

Hisobot davrida

Yil boshidan

smeta bo’yicha

farqi ,-

smeta bo’yicha

farqi ,-

Brigadirning hisoboti

Asosiy xomashyo va materiallar

43000

-1000

134000

1200

Mehnat sarflari

214000

2400

588300

8400

Yordamchi materiallar

18500

-300

40000

-800

Тexnologiya uchun energiya

9800

350

29400

2500

Boshqalar

3400

100

5400

400

Jami

288700

1550

777100

11700
















Ishlab chiqarish sexining boshlig’iga hisobot

1-brigada

288700

1550

777100

11700

2-brigada

214500

1120

628200

8900

-------

----------

-----------

-----------

------------

Brigadalar bo’yicha jami

887800

2460

2753800

26000

Umumsex sarflari:













Sex ustalarining mehnat xaqi ajratmalari bilan

126000

0

700000

0

Uskunalarning eskirishi

104000

0

308000

0

Elekt energiya sarflari

35000

2600

104500

6400

Sexni tozalash sarfi

18900

-670

83500

-3000

Jami

1171700

-4390

3949800

29400

Subektning bosh menedjeriga hisobot

Ishlab chiqarish sexi

1171700

-4390

3949800

29400

Quyish sexi

893500

-1900

3026790

2300

Yig’uv sexi

1347900

5800

4873200

19800

-------

---------

---------

-----------

----------

Sexlar bo’yicha jami

4616100

4390

16155790

4280

Umumxo’jalik sarflari:













Imoratlarning eskirishi

35000

0

165000

0

Isitish va yoritish

84000

150

213000

4780

Ma’muriyatning mehnat xaqi

235000

12300

487600

45780

Subekt bo’yicha sarflarning jami

4970100

18190

17021390

93360

Ushbu hisobotlardan ko’rinib turibdiki, har xil boshqaruv pog’onalaridagi xarajat markazlarining hisobotlari o’rtasida mustahkam bog’liqlik mavjud. Misol tariqasida ko’rayotgan subektda boshqaruv uchta pog’onadan tashkil topgan: brigadirlar tomonidan nazorat qilinadigan brigadalar; sexlarning rahbarlari tomonidan nazorat qilinadigan sexlar; bosh menedjer tomonidan nazorat qilinadigan subekt. Ushbu menedjer o’z navbatida ishlab chiqarish bo’yicha javob beradigan bosh direktorning muoviniga bo’ysunadi.
Ilgari qayd qilganimizdek, yuqori boshqaruv pog’onalariga taqdim qilinadigan hisobotlar pastki pog’onaga topshirilgan segmentlar bo’yicha hisobotlarning yig’ma nusxasi bo’lishi mumkin emas.


3. Хo’jalik yurituvchi subektlarning segmentlari bo’yicha hisobot tizimini tuzishning vazifalari va bosqichi


Segmentlar bo’yicha hisobni yuritish va hisobot tuzish tizimini yaratishdan maqsad mulk egalari va hamma bosqichdagi menedjerlarni ushbu bo’limlarning faoliyatini tahlil qilish va oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo’lgan to’liq, tezkor va ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlashdir.
Zarurat tug’ilganda ushbu ma’lumotlarni moliyaviy hisob to’liq holda va tezkor yetkazib bera olmaydi. Shuning uchun ham segmentlar bo’yicha hisobni yuritish: hozirda amal qilinayotgan hujjatlarning aylanishini takomillashtirishga yordam beradi; kompaniyaning va ayrim mas’uliyat markazlari faoliyatining ko’rsatkichlarini muqobillashtirish imkoniyatini yaratadi; natijada kompaniyaning oladigan foydasi hajmining ko’payishiga yordam beradi.
Shuning uchun segmentlar bo’yicha hisob va hisobotni tashkil qilishda quyidagilarga amal qilish lozim: ushbu tizimni tadbiq qilish va unga xizmat qilish xarajatlari ulardan foydalanish natijasida ko’rilgan samaradan kam bo’lishi kerak; ushbu tizim ma’lumotlarining sirliligini ta’minlashi lozim; tizim avtomatlashtirilgan va qulay bo’lishi lozim.
Segmentlar bo’yicha hisobni yuritish tizimi tegishli subektda quyidagi bosqichlarni bosib o’tishini talab qiladi:
1-bosqich. Mas’uliyat markazlariga ajratilgan holda boshqarishning markazlashmagan tarkibini shakllantirish. Mas’uliyat markazlari o’z navbatida foyda markazi va xarajatlar markaziga bo’linishi shart. Ushbu shartdan kelib chiqqan holda boshqaruv tarkibini quyidagicha shakllantirish maqsadga muvofiq bo’ladi. (1-chizmaga qarang).
Ushbu keltirilgan loyiha bo’yicha boshqaruv tashkil qilinsa foyda markazi sifatida ayrim olingan har bir do’kon va xarajat markazi sifatida esa idora va omborlar faoliyat ko’rsatadi. Natijada foyda markazlari bo’yicha olingan boshqaruv axborotlari asosiy o’rin tutadi. Chunki ularning faoliyatini oqilona va muqobil boshqarish kompaniyaning umumiy foydasiga to’g’ridan to’g’ri ta’sir qiladi. Chunki foyda markazlari sarflangan xarajatlarni qoplabgina qolmay subekt uchun foyda ham olib kelishi kerak. Хarajatlarning paydo bo’lish markazlari hisoblangan mas’uliyat markazlari bo’yicha boshqaruv hisobi va nazorati o’rnatiladi.
Ma’suliyat markazlarining faoliyati uchun javobgar shaxslar tegishli segmentlarning rahbarlariga yuklatilgan. Ushbu markazlarning faoliyati o’z navbatida tegishli bo’limlarning rahbarlari tomonidan nazorat qilinadi.

1-chizma. «Maxmud» kompaniyasining loyihadagi tashkiliy tarkibi.



Mas’ul xodimlar-mutaxassislar va bo’limning direktorlari mansab huquqi chegarasida boshqaruv qarorlarini qabul qiladilar. Ularning huquq chegarasidan chiqqan ayrim muammo va masalalar esa bosh direktor tomonidan yoki direktorlar kengashi tomonidan yechiladi. Direktorlar kengashining yig’ilishi ikki usulda o’tkazilishi mumkin: departamentlarning direktorlari ishtirokida ochiq yig’ilish; zarur departamentning direktori ishtirokidagi yig’ilish.
Ushbu yig’ilishda ko’riladigan va yechiladigan masalaga bog’liq holda yig’ilish o’tkaziladi. Misol, kommersiya direktori keyingi kunlardagi tovar aylanishini tahlil qilib 16-do’konda ushbu ko’rsatkichning pasayib ketganligini qayd qildi. Ushbu do’konning direktoridan kelgan ma’lumotga qaraganda yaqin joyda yangi magazin ochilib shunga o’xshash tovarlar bilan savdo qilinayotgani ma’lum bo’ldi. Demak, ushbu holat bo’yicha ma’lum qaror qabul qilish lozimki: ushbu 16-do’kondagi tovarlarning aylanishi va savdo hajmini ilgarigi holatiga qaytarish tadbirini belgilash; boshqa do’konlarning yaqinida imkoniyati boricha shunga o’xshash do’konlarni qurishga halaqit berish.
Demak, ushbu masalaga bag’ishlangan majlisni tezlik bilan o’tkazish lozim. Ayrim hollarda xususiy masalalarni yechish zaruriyati tug’ilganda u yoki bu do’konning direktorini almashtirish masalalari ko’rilsa bosh direktor xodimlar bilan shug’ullanadigan mas’ul shaxs va kommersiya direktorining fikri bilan kifoyalanishi mumkin.
Kompaniyaning markaziy idorasi bo’yicha holat boshqacha bo’ladi. Ushbu xarajat markazining faoliyati bo’yicha mas’ullikni kompaniyaning moliyaviy direktoriga yuklash mumkin. U idoradagi xarajatlarning paydo bo’lish sababi va joylari ustidan nazorat o’rnatadi. Hamma bo’limlarning direktorlari zaruriyat tug’ilganda xarajatlarning ortiqcha sarfi bo’yicha moliyaviy direktorga tushintirish xatlari yozishi shart, chunki ushbu bo’limlarning, qolaversa kompaniyaning byudjeti direktorlar kengashining yig’ilishida yilning boshida tasdiqlangan. Ushbu farqlar yig’ilgan holda bildirishnoma ko’rinishida kelgusida qaror qabul qilish uchun bosh direktorga beriladi. Chunki byudjetni tasdiqlayotgan vaqtda chetga chiqish chegarasi ham tasdiqlanadi.
2-bosqich. Mas’ullik markazlari bo’yicha sarflangan xarajatlarning moddalarini kodlashtirish. Segmentlar bo’yicha xarajatlarni hisobga olish tizimini tashkil qilishda ushbu markazlarning xarajat va daromadlarini aniq va analitik holda ko’rsatish, faoliyatining natijalarini baholash va hisobotlarni tuzish uchun har bir mas’uliyat markazi bo’yicha xarajat va daromadlarni moddalar bo’yicha kodlashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ushbu muhim vazifani amaliyotga tadbiq qilish uchun mazkur kompaniyada qo’llaniladigan schyotlarning ishchi rejasini tuzishni talab qiladi. Ushbu masalani yechish tartibini kompaniyaning muomala xarajatlarini hisobga olish jarayoniga tadbiq qilib ko’ramiz.
Ayrim olingan segmentlarning faoliyatini nazorat qilish va baholash uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish lozim:
a) ushbu xarajatlarni o’zgaruvchan, o’zgarmas va shartli o’zgarmas xarajatlarga turkumlash lozim: o’zgaruvchan xarajatlarga tovarlarni sotish hajmiga mutanosib ravishda o’zgaradigan xarajatlar kiradi; o’zgarmas xarajatlarga esa teskarisi, ya’ni ushbu markazlar faoliyatining kengayishi- tavsiflanishi hajmining o’zgarishidan qat’iy nazar o’zgarmaydigan xarajatlar (do’konni asrash, soliqlar) kiradi; shartli o’zgarmas xarajatlarga esa yuqoridagi guruhlarga ta’lluqli bo’lmagan xarajatlar kiradi.
b) mas’uliyat markazlarining xarajatlarini tartibga solinadigan va tartibga solinmaydigan xarajatlarga bo’lish: tartibga solinadigan xarajatlarga ushbu rahbarlarning qarorlariga asosan o’zgartiriladigan xarajatlar. Boshqacha qilib aytganda ushbu xarajatlarning miqdori rahbarning qaroriga asosan o’zgarishi mumkin bo’lgan xarajatlar kiradi; tartibga solinmaydigan xarajatlarga esa ushbu markaz rahbarining qarori ta’sir qilmaydigan xarajatlar kiradi.
Ushbu tartibdan kelib chiqqan holda kompaniyada qo’llanilayotgan schyotlarning rejasiga quyidagi o’zgartirishlar kiritish maqsadga muvofiq bo’ladi. Har bir xarajat moddasiga qo’shimcha belgilar qo’yiladi: 1-o’zgaruvchan xarajat, 2-o’zgarmas xarajat, 3-shartli o’zgarmas xarajat, 4-tartibga solinadigan xarajat, 5-tartibga solinmaydigan xarajat. Ushbu kodlashtirish buxgalteriyaning ishini ko’paytirmaydi, balki ushbu tarmoqning hisobini yuritayotgan buxgalterni segmentlarning xarajatlari bo’yicha tahlil qilish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Chunki hozirgi davrda hisob, tahlil va baholash ishiga kompyuterlarning keng joriy qilinishi ushbu ishlarni ancha yengillashtiradi. Ushbu taklifdan kelib chiqqan holda 9410-«Muomala xarajatlari» schyotlari guruhini amaliyotga tadbiq qilishga harakat qilamiz.
Misol, 9414-"Mehnat xaqi bo’yicha sarflar" schyotini olib qaraylik. 941414. Demak, ushbu xarajatlar o’zgaruvchan va tartibga solinuvchi xarajatlar guruhiga kiradi. Ushbu kompaniyadagi dastlabki hujjatlarga ishlov berayotgan va muomala xarajatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni shakllantiradigan buxgalteriyaning ish tartibi segmentlar bo’yicha hisobni joriy qilish natijada ahamiyatli darajada o’zgarmaydi. Ushbu hisobda ilgari kodlashtirilgan xarajatlarning moddasi saqlanib qolinadi. Хarajatlar moddasining belgilari mas’ul buxgalter tomonidan shakllantiriladi.
Misol, tovarlarni saqlash va tashish xarajatlarini 30-do’kon bo’yicha kodlashtiramiz -94113011100. Bu yerda,
9411-"Тovarlarni saqlash va tashish xarajatlari" schyoti;

  1. analitik hisobning birinchi bosqichi- magazinning nomeri;

11-analitik hisobning ikkinchi bosqichi- xarajatlarning moddasi;
100-analitik hisobning uchinchi bosqichi- ta’sischilarga beriladigan hisobotlarning shakllanishi.
Segmentlar bo’yicha hisobda xarajatlarning turkumlanish belgilari bo’yicha ma’lumotlar avtomat ravishda taqsimlanadi. Yuqorida keltirilgan xarajatlaning moddasi quyidagi ko’rinishda keltirilishi mumkin: 94113011100, 1.4. Bu yerda qo’shimcha 1-o’zgaruvchan xarajat va 4 esa tartibga solinadigan xarajat ekanligini bildiradi.
Ayrim hollarda xarajatlar bo’yicha ma’lumotlar tegishli belgilari bo’yicha ajratilmasligi va tegishli magazinning faoliyatini yoritadigan tezkor hisobning ma’lumotlari tegishli departamentga umumiy summada taqdim qilinishi mumkin.
Shunday qilib, segmentlar bo’yicha hisobni yoritadigan buxgalter o’zining shaxsiy kompyuteriga ega bo’lgan holda butun buxgalteriyadagi axborotlarga kirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Boshqa iste’molchilar, foydalanuvchilar uchun ushbu axborotlarga kirish yo’li berk bo’ladi. Buxgalteriya axborotlarini olish imkoniyatlari ushbu buxgalteriyada ishlayotgan xodimlarning mansab pog’onalaridan kelib chiqilgan holda belgilanadi.
Segmentlar bo’yicha hisobotlarning shakllanishining tezkorligini oshirishning ikkita yo’li mavjud:
a) kamroq sarf talab qiladigan yo’l. Ushbu yo’l tanlanganda foyda markazlari tomonidan tovarlar va kassalar bo’yicha hisobotlarni tayyorlash muddatlarini qisqartirish. Ushbu jarayonda kassa bo’yicha hisobotni tayyorlashda hech qanday muammo yo’q. Chunki hozirda kassa bo’yicha hisobot har kuni topshirilmoqda.
Тovarlar bo’yicha hisobotni tayyorlashdagi asosiy muammo ushbu hisobotlarning oraliq davrini qisqartirish va tegishli ma’lumotlarni buxgalteriya hisobining tizimiga kiritishdir. Lekin tegishli do’konlar va omborlar bo’yicha ushbu hisobotlarni har uch kunda topshirsalar hujjatlarga do’kon va omborlarda ishlov berish va tekshirish uch marta qisqaradi. Omborlarda tovarlarning harakati bo’yicha hisobotni miqdor-summa kartochkasiga va omborning kirim va chiqim daftariga asosan kunda tayyorlash imkoniyati bor.
Shunday qilib ushbu tovar hisobotini haftada ikki marta topshirsalar buxgalteriyada tekshirilmagan hujjatlarning miqdori ham kamayadi. Ushbu tartib qo’llanilganda xaftaning birinchi yarmidagi tovarlarning holati to’g’risidagi ma’lumot kechi bilan rahbariyatga juma kuni ertalab yetkaziladi, bu uning tezkorligini oshiradi va boshqaruv qarorining nisbatan to’g’ri qabul qilinishiga olib keladi.
b) ushbu muammoni yechishning ikkinchi yo’li. Bu yo’l ko’p sarflarni talab qiladigan global yo’l hisoblanadi, lekin ushbu variant tadbiq qilinsa boshqaruvning samaradorligi tubdan oshadi. Bu usul o’zida hisobotlarni avtomatlashtirish, ya’ni tovarlarning va pul mablag’larining harakatini kompyuterlashdir. Natijada har kunda olingan, sarflangan tovarlarning natura va summa harakatini, pulning olinishini kompyuterga kiritish, ushbu muomalalarni kodlashtirish va ertalab markaziy ofisdagi kompyuterga o’tkazish imkonini yaratadi. Natijada o’tgan kundagi tovarlarning harakati va bugun ertalabda mavjud bo’lgan tovarlarning turlari bo’yicha miqdor va summa ko’rsatkichida tegishli ta’minot, kommersiya bo’limlarida va bosh direktorning stolida bo’ladi.
Bu esa o’z navbatida tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun asos bo’ladi va tovarlarga bo’lgan talablar o’rganiladi, tovarlarning taqchilligining oldini olish bilan bir vaqtda u yoki bu do’konda uning ortiqcha yig’ilib qolishiga yo’l qo’ymaydi.
3-bosqich. Har bir segment bo’yicha reja va hisobot ishlarini tashkil qilish. Boshqaruv hisobini amaliyotga tadbiq qilish natijasida mas’uliyat markazlari bo’yicha sarflar va daromadlarni rejalashtirish imkoniyati yaratiladi va natijada: biznes segmentlarining baho siyosatini ishlab chiqish; haqiqiy ko’rsatkichlar bilan rejadagi ko’rsatkichlar o’rtasidagi farqlarni aniqlash; ushbu farqlarning sabablarini topish imkoniyati yuzaga keladi.
Segmentlar bo’yicha hisobotning asosiy vazifalaridan biri biznes segmentlari bo’yicha tasdiqlangan me’yorlardan sodir bo’lgan farqlar bo’yicha hisobotlarni taqdim qilishdir. Ushbu farqlarni o’z vaqtida aniqlash va sababalarini bilish natijasidagina ularni tezkorlik bilan tugatish imkoniyati vujudga keladi.
Тegishli segmentlarning byudjet va me’yorlarini buxgalter-tahlilchi ishlab chiqayotganda ushbu segmentlarning direktorlari bilan uzviy aloqada bo’ladi, rejalashtirish usullaridan foydalanadi, oldingi davr ko’rsatkichlarini chuqur tahlil qilib o’rganib chiqadi, ichki standartlar va istiqbollarni ishlab chiqadi. Ushbu hisobot quyidagi shaklda va tartibda tuziladi (6-jadvalga qarang).
Ushbu hisobot ma’lumotlariga asosan dolzarb muammolardan biri hisoblangan tovarlarning oqimini muqobillashtirish muammosini yechish mumkin. Ushbu hisobot kommersiya bo’limiga topshiriladi va hamma yo’nalishlar bo’yicha tovarlarning harakatini kuzatish va nazorat qilish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan bir qatorda
6-jadval
Тovar oqimlarining harakati bo’yicha hisobot (ming so’m)
12-son do’kon bo’yicha 01.03-05.03.20xx. yil davri uchun.



Ko’rsatkichlar

Тovarlarning guruhi

1.

01.03 sanasidagi qoldiq

350

420

180

190

210

260

2.

Kirim, jami

420

360

210

200

160

190

2.1

Mustaqil olingan

130

140

110

90

60

80

2.2

Markazlashgan holda olingan

290

220

100

110

100

110

3.

Sotilgan

530

490

300

320

290

400

4.

Do’konlararo berilishi

100

25

30

10

20

0

6.

Qaytarilgan, jami

20

10

-

10

-

20

6.1

Omborga

9

5

-

10

-

5

6.2

Mol yetkazib beruvchiga

11

5

-

-

-

15

7.

Тovarlarning hisobdan chiqarilishi

5

-

3

-

4

5

8.

05.03 sanasiga qoldiq

115

345

57

50

56

25

kommersiya bo’limi, ta’minot bo’limlarining direktorlari do’konlarning va omborlarning faoliyatini boshqarish va bir-biriga bog’lash imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Misol, fevral oyining oxirgi 8 kunlik (21-28) hisobotini tahlil qilish natijasida bir qator do’konlarda (3, 9, 18, 21, 24, 29) tovarlarning 1-4 guruhlari bo’yicha ortiqcha qoldig’i aniqlandi, vaholanki ushbu tovarlar bo’yicha taqchillik 1. 4, 8, 23, 26 do’konlarda vujudga keldi. Lekin shu vaqtning o’zida 2-omborda ushbu tovarlarning o’rtacha 10-13 kunlik zaxirasi mavjud edi. Ushbu holatlarni chuqur va tezlik bilan o’rganib tovarlarning do’konlar o’rtasidagi va ombordan olinishini oqilona tashkil qilganda tovarlarning aylanishi o’rtacha 5-8 %ga oshgan va olinadigan foyda 9-11%ga ko’paygan bo’lar edi. Bundan tashqari bitta do’konda (12-do’kon) 5 kun ichida 17000 so’mlik tovar hisobdan chiqarilgan, demak, ushbu do’kon 17000 so’m zarar ko’rgan. Ushbu raqamni kompaniya bo’yicha hisoblasak o’rtacha 500-530 ming so’mni tashkil qiladi. Тegishli do’konlar rahbarlarining ushbu hisobotiga asosan har bir do’kondagi tovarlarning turlarini tartibga solish mumkin.
Misol, ushbu do’konda 1-guruh tovarlariga bo’lgan talab ancha kamaydi, ya’ni 100000 so’mlik tovar qoldig’i qoldi, lekin boshqa tovarlarga bo’lgan talab oshdi. Ushbu ma’lumotlarga asosan kommersiya direktori boshqa do’konlardagi shu tovarga bo’lgan talabni o’rganib uning bir qismini boshqa do’konga o’tkazish (100 ming so’m) to’g’risida tezlik bilan buyruq beradi va talab katta bo’lgan tovarlarni (6-guruh) tezlik bilan ombordan olishga yoki mustaqil sotib olishga ruxsat beradi.
Keyingi taqdim qilinadigan hisobot tovar guruhlari bo’yicha ularning foydalilik darajasini aniqlash imkonini yaratadi. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda do’konning sarflariga qo’shiladigan bilvosita xarajatlar tovarlarning ayrim guruhlari o’rtasida belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Shu bilan bir qatorda ushbu keltirilgan hisobot bahoni shakllantirish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni beradi. Bu hisobot ulardan foydalanuvchilarning xohishi bo’yicha belgilangan davrlarda (har kuni, 3, 5 kunda) tuziladi va taqdim qilinadi (7-jadvalga qarang).
Ushbu hisobotni chuqur o’rganish natijasida qayd qilish mumkinki, ayrim tovarlarni sotishdan yuqori darajada foyda olinsa 15-20 %gacha (5-6 guruh) boshqa guruhdagi tovarlarni sotishdan olingan foyda nisbatan kam darajada, 13 %gacha. Demak, do’kon rahbarining oldiga qo’yilgan masala ushbu kam foyda olinadigan tovarlarga qo’yiladigan ustamalarni qayta ko’rib chiqish va ularni guruhlari bo’yicha talabga tayangan holda tartibga keltirish lozimligidir. Demak. boshqa do’konlardagi ahvollarni ham tezlikda o’rganib chiqib salbiy holatlarni tugatish, tovarlarning guruhlarini talabga muvofiq tartibga keltirish va baho siyosatini qayta ko’rib chiqish masalasini qo’yadi.
Ushbu hisobotda xarajatlarni o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlarga bo’lish ularning mas’uliyat markazlarida o’zlarini tutish va moliyaviy natijalarga ta’sirini o’rganishga yordam beradi. Ayrim hollarda ushbu hisobotlardan foydalanuvchilarning talablaridan kelib chiqqan holda ushbu xarajatlar yana ham maydalashtiriladi, ya’ni ular moddalarga bo’lingan holda guruhlanadi va ta’siri o’rganib chiqiladi.
Kompaniyaning butun faoliyati yuzasidan tuzilgan yig’ma hisobot ushbu subekt umumiy faoliyatining yakunini aks ettiradi va uning ma’lumotlari ilgari davrdagi natijalar bilan solishtirilgan holda taqqoslanib joriy yildagi xo’jalik faoliyati baholanadi.
7-jadval
12-do’konning faoliyati bo’yicha hisobot, ming so’m.
01.03-05.03.20xx yil




Yüklə 378,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin