258
ziyalanishga yo‘l beradi. Diffuziyani yo‘nalishi va tezligi gazning
parsial bosimi yoki kuchlanishi bilan belgilanadi.
Gazning parsial bosimi
deb, gazlar aralashmasi umumiy bosi-
mining shu gazga tegishli qismiga aytiladi.
Agar atmosfera bosimi
760 mm simob ustuniga teng va atmosfera havosida 20,94 % O
2
,
0,03 % CO
2
va 79,03 % N
2
bo‘lsa, har bir gazning parsial bosimi-
ni alohida hisoblash oson bo‘ladi.
100 % gazlar aralashmasi bosimi 760 mm simob ustuniga
teng; O
2
niki 20,94 % bo‘lsa:
760 20, 97
159 mm simob ustuni
100
X
×
=
=
Shunday
hisoblangan CO
2
ning parsial bosimi 0,2 mm si-
mob ustuniga teng bo‘lsa, N
2
niki 600,8 mm simob ustuniga teng
bo‘ladi.
Alveolalarda O
2
ning parsial bosimi 102 mm s.u., CO
2
– 40,
N
2
– 571 va suv bug‘iniki 47 mm s.u., teng. Alveolalardagi O
2
ning parsial bosimi vena qonidagidan ko‘p bo‘lgani
uchun kislo-
rod alveoladan kapillyarga o‘tadi. CO
2
ning kuchlanishi vena qo-
nida alveolaga nisbatan ko‘p bo‘lgani uchun u alveolaga o‘tadi.
O‘pka ventilyatsiyasi yoki nafasning minutli hajmi deb o‘pka-
dan bir minutda o‘tadigan havoning hajmiga aytiladi. Tinch ho-
latda nafasning minutlik hajmi 5–8 l/min, jismoniy ishda 80 l/min
gacha ko‘payadi. Olinayotgan havoning bir qismi (140 ml yaqi-
ni) nafas yo‘llarida qoladi va alveola
ventilyatsiyasida ishtirok
etmaydi. Shunday qilib, tinch nafas olganda alveolaga 500 ml
emas, balki 360 ml havo kiradi. Havo o‘tkazuvchi yo‘llarni «o‘lik
bo‘shliq» deyiladi, chunki unda yo‘tgan havo gaz almashinuvida
ishtirok etmay, chiqarilayotgan havo bilan aralashib ketadi.
Dostları ilə paylaş: