Anatomiya 2014. indd


-rasm. O‘ng buyrak. Old tomondan ko‘rinishi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə233/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

132-rasm. O‘ng buyrak. Old tomondan ko‘rinishi:
1–yuqorigi uchi; 2–oldingi yuzasi; 3–medial chekkasi; 
4–buyrak arteriyasi; 5–buyrak venasi; 6–siydik nayi;
7–pastki uchi; 8–lateral chekkasi.


270
shagiga tegib turadi. Uning yuqori uchida buyrak usti bezi joylash-
gan. Buyrakning oldingi yuzasi qorinparda bilan qoplangan bo‘lib, 
ichki a’zolarga tegib turadi.
Buyrakni kesib ko‘rganimizda (133-rasm) u ikki xil mod-
dadan: tashqi 0,4–0,7 sm qalinlikdagi po‘stloq moddadan va 
2–2,5 sm qalinlikdagi mag‘iz moddadan iborat. Buyrakning 
po‘stloq moddasi qiz g‘ish rangda bo‘lib, buyrakning tashqi 
qavatini hosil qiladi. U mag‘iz modda orasiga botib kirib buy-
rak ustunlarini
 
hosil qiladi. Buyrakning po‘stloq moddasi bir-
biri bilan almashadigan yorug‘ va qoramtir qism lardan iborat. 
Yorug‘ qismi konus shaklida bo‘lib, mag‘iz moddadan po‘st-
loq qa o‘tayotgan nur ko‘rinishidagi nurli qismini
 
hosil qiluv-
chi buyrakning to‘g‘ri naychalari va yig‘uvchi naychalarning 
bosh lang‘ich qism laridan iborat.
Qoramtir qismida esa buyrak tanachalari va buralma naycha-
lar joylashib, o‘ralgan qism deb ataladi. Buyrakning mag‘iz mod-
dasi 10–15 ta buyrak piramidalaridan iborat. Har bir piramida-
ning asosi po‘stloq moddaga, uchi buyrak so‘rg‘ichini hosil qi-
lib, buyrak bo‘shlig‘iga qaragan. Piramida nefronning to‘g‘ri va 
yig‘uvchi naychalardan iborat bo‘lib, ular o‘zaro qo‘shilib buy-
rak so‘rg‘ichi sohasida 15–20 ta qisqa so‘rg‘ich naychalarini
 
ho-
sil qiladi. Ular buyrak so‘rg‘ichi sohasi yuzasiga so‘rg‘ichsimon 
teshiklar
 
bo‘lib ochiladi. Bu teshiklar hisobiga buyrak so‘rg‘ichi 
uchi g‘alvirsimon ko‘rinishga ega bo‘lib, g‘alvirsimon maydon 
deyiladi.
Buyrak tuzilishi va qon

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin