283
Erkaklarning jinsiy a’zolari ichki va tashqi a’zolarga bo‘lina-
di. Ichki jinsiy a’zolarga moyak, moyak ortig‘i, prostata, urug‘
pufakchasi, urug‘ olib ketuvchi nay, bulbouretral bezlar kiradi.
Tash qi tanosil a’zolariga erlik olati va yorg‘oq kiradi.
Moyak
(testis) juft jinsiy bez (137-rasm) Ular erkaklar jinsiy
hujayrasi spermatozoidlarni
hosil qilish bilan birga, qonga er-
kaklarning jinsiy gormoni testosteronni ham chiqaradi. Shuning
uchun u aralash bezlar turkumiga kiradi.
Moyaklar yorg‘oq ichida joylashib, o‘zaro to‘siq bilan ajra-
lib turadi. Chap moyak biroz pastroqda joylashadi. Moyak oval
shaklda bo‘lib, ikki yon tomondan biroz yassilashgan.
Uning yas-
si medial yuza sini
bo‘rtib chiqqan lateral yuza sidan oldingi va or-
qa chetlari
ajratib turadi. Orqa qirrasiga moyak ortig‘i yopish gan
bo‘ladi. Moyakda ikki: yuqo ri uchi
va
pastki uchi
tafovut qilinadi.
Moyakning o‘rtacha uzunligi 4 sm, kengligi 3 sm, qalinligi 2 sm,
og‘irligi 20–30 g.
Moyakning ust tomondan oqliq parda
qoplagan bo‘lib, uning
ostida moyak parenximasi
joylashgan. Moyak ning orqa cheti ich-
ki tomonidan moyak parenximasiga biriktiruvchi to‘qima o‘siq-
lari kirib, moyak oralig‘ini
hosil qiladi. Undan yelpig‘ich ka-
bi bosh langan yup qa biriktiruv chi to‘qimali moyak to‘siqchala-
ri
oldinga qarab yo‘nalib, moyak parenximasini konus shaklidagi
250–300 moyak bo‘lakchalariga
ajratadi.
Har bir bo‘lakcha ichida spermatozoid
ishlab chiqaruvchi
epiteliyi bo‘lgan 2–3 buralma urug‘ naychalari
bo‘ladi. Bu nay-
chalarning uzunligi 70–80 sm, kengligi 150–300 mkm. Ular or-
qa tomonga yo‘nalib bir-biri bilan qo‘shiladi va to‘g‘ri urug‘
naychalarini hosil qiladi. To‘g‘ri urug‘ naychalari moyak ora-
lig‘iga kirib, moyak to‘rini hosil qiladi.
Moyak to‘ridan 12–15 ta moyakning urug‘
137-rasm. O‘ng moyak va moyak ortig‘i.
Yon tomondan ko‘rinishi:
1–urug‘ tizimchasi; 2–ichki urug‘
fassiyasi;
3–moyak ortig‘ining boshchasi; 4–moyak osma-
chasi; 5–moyakning qinli pardasi; 6–moyak;
7–oldingi cheti; 8–pastki uchi; 9–moyak
ortig‘ining pastki boylami; 10–moyak ortig‘ining
dumi; 11–moyak ortig‘ining tanasi; 12–moyak
ortig‘ining bo‘shlig‘i.
284
olib ketuvchi naychalari
chiqib, moyak ortig‘i boshchasiga qa-
rab yo‘naladi.
Moyak ortig‘i (epididymis)
(137-rasm)
moyakning orqa che-
ti bo‘ylab joylashib, unda kengaygan yuqori qismi-moyak or-
tig‘ining boshchasi, o‘rta qismi – moyak ortig‘ining tanasi
va to-
raygan pastki qismi – moyak ortig‘ining dumi
tafovut qilinadi.
Moyakning urug‘ olib ketuvchi naychalari buralib moyak
ortig‘i bosh chasida o‘zaro yupqa to‘siq
bilan ajralgan konus
shaklidagi 12–15 ta moyak ortig‘i bo‘lakchalarini hosil qila-
di. Bu naychalarning qo‘shilishidan moyak ortig‘ining naycha-
si hosil bo‘ladi. Bu naycha ko‘p sonli bukilmalar hosil qilib,
moyak ortig‘ining dumiga qarab yo‘naladi. Agar bu nay to‘g‘ri-
lansa, uning uzunligi 6–8 m ga yetadi. Moyak ortig‘ining nayi
uning dumidan chiqqanidan so‘ng urug‘ olib ketuvchi nayga
aylanadi. Erkaklarning jinsiy hujayralari (spermatozoidlar) fa-
qat moyak ning buralma naychalarida ishlab chiqariladi. Moyak
va moyak ortig‘ining boshqa naychalari urug‘
olib ketuvchi
naychalar hisoblanadi. Spermatozoidlar suyuq qismi urug‘ pu-
fakchalari va prostata bezi ishlab chiqargan sperma tarkibiga
kiradi.
Dostları ilə paylaş: