Kon korxonalarida kullaniladigan elektr uskunalari, yukori va past kuchlanishga ishlovchi kommutatsion kurilmalar



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə1/6
tarix07.05.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#109204
  1   2   3   4   5   6
kon korxonalarida kullaniladigan elek


Aim.uz



Kon korxonalarida kullaniladigan elektr uskunalari, yukori va past kuchlanishga ishlovchi kommutatsion kurilmalar

Kon avtomatik ulab uzgichlari yuklama ostida magistral tarmoqda va taqsimlovchi qurilmada o’chirish va yoqish uchun, shuningdek ketuvchi shaxoblanish va ularni elementlarini himoyalash uchun mo’ljallangan.Bundan tashqari releli sizish ta’siri ostida avtomatik ulab uzgichlari yordamida avtomatik tarzda unda yo’l qo’yil bo’lmaydigan tok sizishi paydo bo’lganda tarmoqda avtomatik tarzda o’chirishni amalga oshiradi.


Fiderli ulab uzgich AFV uch qutbli avtomatik uzlab uzgichdan iborat bo’lib, o’z ichiga portlamaydigan tsilindr shakldagi korpus oladi, uning qopqog’i ulab uzgichning dastagi bilan blokirovkalanadi, bu o’z navbatida apparatni o’chirmasdan qopqoqni olib tashlash imkonini beradi. Uchqutbli AVM-4u yoki AVM-6u avtomatik ulab uzgichlari releli sizish ta’siri ostida tarmoqda o’chirish uchun qisqa tutashuvlardan himoyalash uchun ikkita fazaga o’rnatilgan ikkita maksimal ajratib qo’ygich va mustaqil ajratib qo’ygich bilan ta’minlangan
Ulab uzgichlarning har birini kontaktli sxemasi ikkita parrallel ulanadigan asosiy va ajratuvchi kontaktlar juftligidan iborat.
Asosiy qo’zg’aluvchi kontaktlar kumush va nikel asosida tayyorlangan bo’lsa, qo’zg’almaslar esa grafit qo’shilgan holda tayyorlanadi. Uzilgan qo’zg’aluvchan kontaktlar misdan , qo’zg’almaslar grafitdan tayyorlanadi.
Ulab uzgich ulanganida boshida uzilganlarni tutashadi, keyin esa asosiy kontaktlar; teskari ketma ketlikda uzish sodir bo’ladi. kontaktlarning ikki sistemasi asosiy kontaktalarni ko’yishdan himoyalash imkoni beradi, modomiki zanjirni yorilishini yorilish kontaktlari amalga oshiradi.
Maksimal ajratib qo’ygichlar ustamasiga erishilganda u ishlab ketadi, yakor ajratuvchisini ushlab turuvchi prujinalarni tortish bilan rostlanadi.
Avtomatik ulab uzgichlarni takroriy uzishni amalga oshirish uchun uni maksimal ajratuvchi bilan o’chirgandan keyin mexanik blokirovkalar ko’zda tutiladi, u kontakt sistemasini o’chirilgan holatida berkituvchi va qisqa tutashuvni bartaraf etmasdan uni takroran ulanishiga yo’l qo’ymaydi. Takroriy ulashni blokirovkalash qurilmasini qo’lda dastlabki holatiga qaytarilganidan keyin amalga oshirish mumkin
Avtomatik ulab uzgichlarni asosiy elementlaridan biri erkin ajratish mexanizmi bo’lib, u kuch kontaktlarini mustaqil ajratgich yoki maksimal tok ajratgichlari ishlab ketishida berkilgan holda ushlab turish imkonini beradi.
Maksimal ajratgichlarni ishonchli ishlashi ularni muntazam tekshirishni talab qiladi. Ana shu maqsadda ulab uzgichlarni elektrli sxemasi (1 rasm) ikki ko’rinishdagi shuntli nazorat g’altaklarini KV1 va KV2 ko’zda tutadi (qaerda maksimal rele o’rnatilgan bo’lsa, har bir fazada)
Umumiy dastakdagi SB1 va SB2 tugmachalari yordamida ikkala g’altakda navbatlashib tarmoqda ulanadi, u avtomatik ulab uzgichni o’chirib, maksimal ajratgichga ta’sir qiladi.
Maksimal himoyani kompleks tekshirish PB talablariga muvofiq amalga oshiriladi, shaxtaga tushirishdan oldin kamida 6 oyda bir martda o’tkaziladi. Xatolik ishlab ketish himoyasi ±15 % bo’lganda apparatlarni ekspluatatsiya qilish taqiqlanadi.
F
iderli ulab uzgich kiritilgan qurilma bilan ta’minlangan o’lchovchi qurilmalar va apparatlarni himoyasidan 120 mm2gacha bo’lgan egiluvchan kuch kabellari kesimini ulashni ko’zda tutadi.
Hozirgi vaqtda seriyali tartibda avtomatik AFV: AFV-1AU5, AFV-2AU5 I AFV-3U5 ulab uzgichlar, masofadan turib boshqariladigan AFVD-2BK ulab uzgich va yana shunday yangi seriyadagi 660 va 1140 kuchlanishda masofadan turib o’chiriladigan V AV: AV-200DOUU5 i AV-320DOU5 ulab uzgichlar ishlab chiqarilmoqda. Takroriy ulovchi avtomatik qurilmalar bilan birga AV-200 APV va AV-320 APV avtomatik ulab uzgichlari 660 V ga mo’ljallangan.
Avtomatik ulab uzgichlarni masofadan turib boshqarish sxemasiga (2 rasm) boshqarish zanjiridagi 20 Omgacha bo’lgan qarshilikda uni ulashga yo’l qo’yiladi va qarshilikni 150 Om gacha oshishida avtomatik tarzda o’chirilishini ta’minlaydi.
Kontaktlarni payvandlash yoki boshqa shikastlanishlar tufayli oxirgi qo’yib yuboruvchini o’chirishni iloji bo’lmaydi, shunda ulab uzgichlar kombayn boshqarish pulьtida joylashgan tugmachadan o’chiriladi.
Buning uchun SB3 halokat o’chirish tugmasi va QF mustaqil ajratgichning to’yinish zanjiriga kiritilgan uzuvchi blok-kontakt KV3 oraliqdagi rele mo’ljallanadi. KV3 relesi pasaytiruvchi transformatordan to’yinadi va kuchlanishni uzatishda to’yinish zanjiridagi o’z blok-kontaktini ajratib yuboradi. KV3 relesini halokatli o’chirishlarda to’yinish zanjiri QF tutashadi va oxirida erkin ajratish mexanizmi orqali himoyalanayotgan tarmoqni o’chiradi.
Portlamaydigan Av seriyasidagi avtomat ulab uzgichlarga A3700-U mexanik va kommutatsion katta yeyilishga ega bo’lgan o’chirishda katta tezkorlik (0,1 s u AFV o’rniga 00,2s )havodan tokni cheklovchi ulab uzgichlar o’rnatilgan.
Bunday xildagi ulab uzgichlar elektr magnit yuritma, kuchlanishni nol ajratuvchi, mustaqil ajratib yuboruvchilar bilan birga tayyorlanishi mumkin. Ulab uzgichning kuch kontaktlari metal-sopol (keramik) materiallar kavsharlangan kumush, nikel va grafitdan bo’lishi mumkin. Har bir fazada yoyni o’chirish uchun ionsizlovchi panjarali kamera o’rnatilgan. Nosimmetrik kesimlar yonida plastina shakli panjaraga yoyni tortishga ko’maklashadi, po’lat plastinali alanga o’chirgichni sovutadi.



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin