Kon korxonalarida kullaniladigan elektr uskunalari, yukori va past kuchlanishga ishlovchi kommutatsion kurilmalar



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə2/6
tarix07.05.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#109204
1   2   3   4   5   6
kon korxonalarida kullaniladigan elek

Kommutatsion apparatlar
1 kVdan yuqori kuchlanishdagi ulab uzgichlar
Nimtantsiyalarda qo’llaniladigan apparatlardan biri yuqori kuchlanishli ulab uzgichlar hisoblanadi, ular yordamida ham avtomatik ravishda va qo’lda ham elektr tokni zanjirda ulash va o’chirish mumkin (qisqa tutashuv va boshqa shikastlanishlarda).
1 kVdan yuqori kuchlanishli tokda zanjirning uzilishida elektrli yoyning so’nishi ( ayniqsa q.t.) juda quvvatli bo’ladi, u yoyni o’chirish maxsus qurilmasida va maxsus muhitda sodir bo’ladi. Karьer nimstantsiyalarida asosan moyli va vaakumli ulab uzgichlar qo’llaniladi.
M oyli ulab uzgichlar ko’p hajmli va kam hajmliga bo’linadi.Unisida ham bunisida ham gaz va bug’ o’rtasida elektr yoy so’nishi hosil bo’ladi.

1 rasmda VME-6 ko’p hajmli moyli ulab uzgichning umumiy ko’rinishi keltirilgan. Ulab uzgich mineral moydan to’ldirilgan po’lat bakdan 10 iborat. Bakning yuqori qismida 1 oltita o’tish izolyatorlarni ulangan 2, ichkarisida tok o’tkazuvchi sterjen 3, ularda qo’zg’almas kontaktlar 5 qotirilgan (fazaga ikki kontakt bo’yicha). Izolyatsiya shtangalarida 8 qo’zg’almas kontaktlar mustahkamlangan 9. Qopqoq ostida 6 o’chirish mexanizmi asosiy 7 val bilan joylashgan. Valning soat strelkasi bo’ylab burilishi qo’zg’almas 5 va qo’zg’aluvchi 9 kontaktlarni tutashuviga olib keladi; valning soat strelkasiga qarshi burilishida kontaktlaring uzilishi sodir bo’ladi. Bak moy ko’rsatkich 11 va moy tushirish 12 bilan ta’minlangan. Bak ichidagi fazalar o’rtasida fanerli to’siqlar 13 o’rnatilgan. Ulab uzgichning qopqog’ida moy ajratgich 4 o’rnatilgan.


Kontaktlarni uzish momentida elektrli yoy hosil bo’ladi. Yuqori harorat ostida moy bug’lanadi va yoyilib ketadi, oqibatda kontakt va yoy atrofida gazli pufak hosil bo’ladi.
Moyning yoyilib ketishi natijasi sodir bo’lgan gazli muhit asosan (70 %) vodoroddan iborat, u yuqori issiqlik sig’imi va dielektrli mustahkamlikka ega.
V odorodli muhit yoyni sovushini tezlashtiradi, yuqori dielektrli mustahkamlik esa o’zgaruvchan tok bilan nol qiymatga erishilgandan keyin uni tiklash qiyinchilik tug’diradi. Moyli uzlab uzgichda yoyni 0,1 s davomida so’ndiriladi.

Yoyning energiyasi moyning bug’lanib va yoyilib ketishiga sarflanadi.


Katta hajmdagi moy bilan moyli ulab uzgichlarni maxsus beton kameralar yoki po’lat karkaslarda portlashlar va yong’inlarni oldini olish uchun o’rnatiladi.
2 rasmda kam moy hajmidagi VMP-10 moyli ulab uzgichning umumiy ko’rinishi keltirilgan. Bunday ulab uzgichlarda moy yoyni o’chirish muhiti uchun xizmat qiladi, kontakt va fazalar izolyatsiyasi bo’lsa farforli izolyatorlarda amalga oshiriladi. ulab uzgich uchta xumchadan iborat 1, izolyator yordamida mahkamlangan 2 ramaga 3. Ana shu ramaning o’ziga 5 britmali mexanimz asosiy vali mahkamlangan, tortgich yordamida 4 ulab uzgichning qo’zg’almas kontaktlari bilan ulangan. O’chirishda zarblarni yumshatish uchun moyli 6 va prujinali dempferlar mavjud. Ramada 7 zaminlash uchun bolt ko’zda tutilgan.
Kamerada yoyni so’ndirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi (3 rasm). Yoyni hosil qilish moyli yoyilib ketishida hosil bo’ladi va kameraning pastki qismida keskin bosim oshib ketadi, buning ta’siri ostida mos ko’ndalang kanal bo’yicha tsilindrning yuqori qismiga o’tib ketadi. Moy oqimi yoyni kesib o’tadi, yoy uzunlashadi, intensiv ravishda sovuydi va tezda so’nadi. Kam hajmli moyli ulab uzgichlarning ustunligi shundaki ular moyning kamligi sababli portlamaydigandir, shuning uchun ularni o’rnatishda maxsus betonli portlativchi kamera zarur bo’ladi.


Ammo moyli ulab uzgichlar jiddiy kamchiliklarga ega, ularga kiradi:


Moyni maxsus tayyorlash va uni sifati va ulab uzgichdagi sathini nazorat qilish; murakkab moy xo’jaligi; ta’mirlash va juda ko’p martalik taftishlar, portlash va yong’in xavfsizligi, ekpluatatsiya qilish jarayonida doimiy kuzatuvning zarurligi ; moyning yopishqoqligini oshishi tufayli past haroratda kam ishonchli ishlashi.
Yuqorida keltirilgan kamchiliklar moyli ulab uzgichlar karьerlarni elektr bilan ta’minlash elementlarining ishonchli emasligiga taaluqli bo’ladi. ko’rinib turibdiki ularni yana ham zamonaviy ishonchli ulab uzgichlarga almashtirish zaruriyati tug’ilmoqda.
Kon va ochiq kon izlab chiqarishida elektr ta’minoti sistemasida eng istiqbolli qo’llash turi vakuumli ulab uzgichlar hisoblanadi.
Vakkumli ulab uzgichlarning asosiy afzalligi shundaki: ta’mirsiz va taftishlarsiz ko’p xizmat qilish muddati; portlash va yong’in xavfsizligi; atrof muhitni harorati bo’yicha keng ishchi diapazon (50 dan +50 oS); yuqori tezkorlik, o’chirish vaqti 0,025 s ko’p bo’lmasligi, ulash vaqti, 0,01 - 0,05 s; xizmat ko’rsatishdagi kam ekspluatatsion xarajatlar; yuqori elektr xavfsizligi xizmati va qulaylik.
4 rasmda KDV-27 vakuumli yoy o’chirgich kamera kesimi keltirilgan. Qo’zg’almas 1 va qo’zg’aluvchi 8 uchlik kontaktlar 5 yuqori vakuumli kameraga joylashtirilgan (1,3103 Pa va pastga).

Vakuumda tok zanjirida uzilish sodir bo’ladi. Vakuumli yoqi so’ndiruvchi kameraning ishlash printsipi metal kontaktlari juftligida elektr yoyni so’ndirish, tokka yaqinlashgan juftlik qalinligini keskin nolga pasayishi va yoy oralig’idagi qarshilikni tezda oshishi natijasida yoy so’nadi. Ochiq konlarni qazib chiqarishda vakuumli ulab uzgichlarni ekspluatatsiya qilish tajribasi moyliga nisbatan taqqoslash bo’yicha afzalligini tasdiqladi. Hozirgi paytda vakuumli ulab uzgichlardan ko’pgina karьer korxonalaridagi karьerlarda keng qo’llanilmoqda.


Avtogazli ulab uzgichlar kuchlanishi uchun10 kV foydalanishadi. Avtogazli ulab uzgichlarda yoyni so’ndirish yoyni gaz bilan havo yuborib amalga oshiriladi, uning uzi ulab uzgichni o’zida yuqori yoy harorati ta’siri ostida hosil bo’ladi.
Bunday ulab uzgichlarda yuqori harorat ta’siri ostidagi gaz ajralib chiqadigan ayrim materiallar xususiyatlaridan foydalaniladi.Bunday xususiyatlarga masalan fibra va organik shisha ega.
Kon avtomat ulab uzgichlari yuklama ostida magistral tarmoqlar va taqsimlovchi qurilmalarni ulash va o’chirish uchun va yana shuningdek ketuvchi shaxoblanish va uning eelementlarini qisqa tutashuvdan himoyalash uchun mo’ljallangan.
Bundan tashqari avtomatik ulab uzgich yordamida releda sirqish ta’sirida yo’l qo’yib bo’lmaydigan tokni sirqishi holatida tarmoqni avtomatik ravishda o’chirish orqali amalga oshiriladi.
AFB fiderli ulab uzgich uchqutbli avtomatik ulab uzgichdan iborat bo’lib, tsilindrli shakldagi portlash xavfsiz bo’lgan korpusni o’z ichiga olgan, qopqog’i ulab uzgich dastagi bilan qopqoqqa o’rnashtirilgan bo’lib, apparatni o’chirmasdan qopqoqni olib tashlash imokonini bermaydi.
Uch qutbli AVM-4u yoki AVM-6u avtomatik ulab uzgich rele sirqishi ta’siri ostida tarmoqni o’chirish uchun mustaqil ajratuvchi va qisqa tutashuvlardan himoya qilish uchun ikki fazaga o’rnatilgan, ikkita maksimal ajratuvchilar bilan ta’minlangan.
Ulab uzgichlarning har bir qutbini kontaktli sistemasi ikkita parallel ulanadigan asosiy va uzilishdan iborat bo’ladi. Asosiy ko’zg’aluvchan kontaktlari kumush va nikel asosida bajariladi qo’zg’almas esa –qo’shilgan grafit bilan. Qo’zg’aluvchi uzilish kontaktlari misdan bajariladi, qo’zg’almas esa mis va grafitdan tayyorlanadi. Ulab uzgichni ulaganda avvaliga uzilish kontaktlari tutashadi, keyin esa asosiylari; uzilish teskari ketma ketlikda hosil bo’ladi. Kontaktlarning qo’sh sistemasi asosiy kontaktlarni qo’yishdan himoya qilish imkonini beradi, modomiki zanjirda uzilishni uzish kontaktlari amalga oshiradi.
Maksimal ajratuvchining ustamasiga erishishda u ishlab ketadi, ajratuvchining ushlab turuvchi yakorь prujinaning tortilishida rostlanadi.Avtomatik ulab uzgichning takroriy ulanishini bartaraf etish uchun mksimal ajratuvchi tomoni u o’chirilgandan keyin mexanik blokirovkalash ko’zda tutiladi, u o’chirilgan holatda kontakt sistemasini qulflaydi va qisqa tutashuvni bartaraf etmay uni takroriy ulanishiga yo’l qo’ymaydi. Blokirovkalash qurilmasini dastlabki holatiga qo’lda qaytarishdan keyin takroriy ulash mumkin.
Avtomatik ulab uzgichning asosiy elementlaridan biri erkin ajratish mexanizmi hisoblanadi, u mustaqil ajratuvchi yoki tokni maksimal ajratuvchini ishlab ketganida kuch kontaktlarini berk holatda ushlab turilishiga yo’l qo’ymaydi.
Maksimal ajratuvchini ishonchli ishlashi uni muntazam tekshirishni talab qiladi. Ana shu maqsadda ulab uzgichlarni elektrli sxemasida (1 rasm) qurilmani ikki xil ko’rinishda bo’lgan nazorat shuntli g’altak KV1 va KV2. bo’lishini ko’zda tutadi (maksimal rele qaerda o’rnatilgan bo’lsa har bir fazada).

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin