285
yib, urug‘ pufakcha sining chi qaruv nayi bilan qo‘shiladi. Urug‘
olib ketuv chi nayning devori qalin bo‘ lib, uch qavatdan iborat.
Ichki shilliq qavat
3–5 bo‘ylama bur malar hosil qiladi. O‘rta mu-
shakli qavat uch: ichki va tashqi bo‘ylama, o‘rta halqasi mon qava-
tdan iborat. Tashqi biriktiruvchi to‘qimali parda nay ni tashqi to-
mondan o‘raydi.
Urug‘ pufakchalari
(vesiculae seminalis)
juft, suyuqlik ishlab
chi qaruvchi a’zo (139-rasm). U kichik chanoq bo‘shlig‘ida urug‘
olib ke tuvchi nay kengaymasining tashqi tomonida, prostata be-
zining usti va qovuqning orqa tomonida joylashgan. Unda qovuq-
qa qaragan oldingi va to‘g‘ri ichakka qaragan orqa yuzalari bor.
Urug‘ pufakchalarining uzunligi 5 sm, kengligi 2 sm va qalinligi
1 sm bo‘lib, yuzasi g‘adir-budir. Agar uning ustini qoplagan par-
dani olib tashlab to‘g‘rilansa, u uzunligi 10–12 sm, kengligi 0,6–
0,7 sm li nay shaklini oladi. Urug‘ pufakchalarining yuqorigi ken-
gaygan qismi asosi, o‘rta qismi tanasi va pastki toraygan qismi
suyuqlik chiqaruv nayi tafovut qilinadi.
Urug‘ pufakchalarining devori uch: tashqi biriktiruvchi to‘-
qimali, o‘rta mushakli, ichki shilliq qavatdan iborat. Shilliq
qavat da bo‘ylama burmalari bor. Urug‘ pufakchalarining chiqa-
ruv nayi urug‘ olib ketuvchi nayning oxirgi qismi bilan qo‘shilib,
urug‘ otuv chi nayni hosil qiladi va siydik chiqarish kanalining
prostata qismiga ochiladi. Urug‘ otuvchi nayning uzunligi 2 sm,
kengligi boshlanish qismida 1 mm, oxirida 0,3 mm bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: