Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни Сақлаш Вазирлиги
Самарқанд Давлат Тиббиёт Институти
РЕФЕРАТ
Мавзу: QORIN DEVORINING XIRURGIK ANATOMIYASI
Бажарди: Eshtemirov T.
Самарқанд 2017 йил
QORIN DEVORINING XIRURGIK ANATOMIYASI.
Qorin bo'shlig’i (cavum abdominalis)- qorin bo‟shlig‟i ichki fassiyasi (f.endoabdominalis)
bilan chegaralangan bo‟lib, qorin bo‟shlig‟i va qorinparda orqa bo‟shlig‟iga bo‟linadi. qorin
bo‟shlig‟ining yuqorigi devorini diafragma, old va yonbosh tomonidan qorinning old devori
mushaklari qatlami, orqadan umurtqa pog‟onasi, bel mushaklari qatlami tashkil qiladi. Qorin
bo‟shlig‟i pastki tomondan erkin holda chanoq bo‟shlig‟iga o‟tib, ular orasidagi chegara shartlidir.
Diafragma mushaklarining taranglashishidan hosil bo‟ladigan bosim nafas olishda, qon
aylanishini ta‟minlashda, ko‟krak qafasi va qorin bo‟shlig‟ida bosim hosil qilishda, oshqozon-ichak
tizimi harakati faoliyatini ta‟minlashda muhim o‟ringa ega.