Qorinning orqa devori – to‟rtburchak shaklga ega. Yuqoridan – XII-qovurg‟a, pastdan –
yonbosh suyaklari qirralari (crista iliacae), ichkaridan – linea vertebralis, tashqaridan – linea
axillaries posterior ning davomi bo‟lib, yonbosh suyagining tagiga tutashgan vertikal chiziq
chegaralaydi.
Qorinning orqa tomonida teri qalin, teri osti yog' qatlami ham yaxshi rivojlangan. Mushak –
aponevroz qavatini tashqaridan – yelkaning keng mushagi, qorinning ichki qiyshiq mushagi,
ko‟ndalang mushakning aponevrozi hamda belning kvadratsimon mushagi (m.quadratus lumborum)
chegaralaydi. Qorin orqa devorining tashqi yuzasida ikkita «anatomik kuchsiz» joylar mavjud. Ana
shu joylarda bel churralari hosil bo‟lishi mumkin:
1. Piti uchburchagi (trigonum lumbale Petit). Chegaralari: pastdan – yonbosh suyagining tojlari,
ichkaridan – m.latissimus dorsi ning oldingi qirrasi, tashqaridan – m.obliquis abdominis externus
ning pastki qirrasi. Uchburchakning tubini qorinning ichki qiyshiq hamda ko‟ndalang mushaklari
tashkil qiladi. Ana shu mushaklar orqali o'tgan tomirlar va asab tolalari shu sohada kuchsizlanishga
olib kelishi mumkin.
2. Gryunfeld – Lesgaft oraligi (spatium tendineum lumbale Grynfelti). Chegarasi: yuqori lateral
tomondan – XII-qovurg‟a, yuqoridan – m.serratus posterior inferior ning pastki qirrasi, medial
tomondan – m.erector spinae, pastki lateral tomondan – m.obliquis abdominis internus ning qirrasi
tashkil qiladi. Gryunfeld – Lesgaft oraligining tubini m.transversus abdominis ning aponevrozi
tashkil qiladi.
Qorinning orqa devorini qon bilan ta‟minlash turt juft bel arteriyalari (a.a.lumbalis) orqali
amalga oshiriladi. Bular qorin aortasidan chiqadi. Vena qoni v.v.lumbalis orqali v.cava inferior
tizimiga quyiladi. Innervasiyasi bel asablarining shaxobchalari orqali amalga oshiriladi hamda bel
chigalidan ham shaxobchalar oladi.
Dostları ilə paylaş: |