<> Kimyo-texnalogiya akulteti dekani _________ B.Nurimbetov <<____>>__________2023y. LABORATORIYAISHI№1 KOLLOID ERITMALARINI OLINISHI VA TOZALASH USULLARI Nazariy bo’lim Kolloid eritmalar hosil qilish usullari bir-biriga qarama-qarshi ikki prinsipga asoslangan. Bu prinsiplardan biri yirikroq zarrachalarni maydalashdan, ikkinchisi esa molekula yoki ionlardan yirikroq zarrachalar hosil qilishdan (agregatlash) iborat; birinchi xil usullar dispergatsiya, ikkinchilari kondensatsiyausullari deyiladi. Kolloid sistemalarda dispers faza zarrachalarining o’lchamlari 1nm dan 100 nm gacha bo’lishi kerak. Zarrachalarning o’lchami ana shunday bo’lgan suyuq kolloid sistemani dispergatsiya yo’li bilan hosil qilishning ikkita sharti bor – birinchidan dispers faza moddasi shu dispersion muhitda mumkin qadar kam eruvchan bo’lishi lozim, ikkinchidan sistemada dispers faza va dispersion muhitdan tashqari yana uchinchi modda bo’lishi kerak, bu modda kolloid zarrachalar sirtiga yutilib, dispers faza bilan dispersion muhit zarrachalari o’rtasida mustahkam bog’lanishni vujudga keltiradi. Kolloid eritmalarni barqaror qiladigan moddalar stabilizatorlardeyiladi. Dispergatsiya usulida kolloid eritmalar hosil qilish uchun qattiq jism stabilizator bilan birga kukun qilib maydalanadi yoki elektr yoxud ultratovush yordami bilan suyuqlik ichida kukunga aylantiriladi.
Kondensatsiya usuli ikki xil bo’ladi: fizik kondensatsiya va kimyoviy kondensatsiya.
Fizikkondensatsiyausullaridan biri dispersion muhitga qattiq jism bug’ini yuborish usulidir. Bu usul bilan simob, selen, oltingugurt, fosfor zollari olinadi. Fizik kondensatsiya usullariga erituvchini almashtirish usullari ham kiradi. Bu usulning mohiyatini quyidagi misolda ko’rsatib o’tamiz. Ma’lumki, ba’zi organik kislotalar etil spirtda yaxshi, lekin suvda yomon eriydi. Bunday kislotalarning suvdagi kolloid eritmalarini hosil qilish uchun avval kislota spirtda eritiladi, so’ngra hosil bo’lgan eritmaga asta-sekin suv qo’shib, suyultiriladi. Suv spirt bilan har qanday nisbatda aralasha olganligidan, spirtda erigan organik kislotaning suvli spirtda eruvchanligi pasayib, uning suvdagi kolloid eritmasi hosil bo’ladi. Shu yo’l bilan, masalan, oltingugurtning spirtdagi eritmasiga suv qo’shib, oltingugurtning
sut kabi oq kolloid eritmasini hosil qilish mumkin. Elektr toki yoki ultratovush yordamida changlatib dispergirlash usullari.
Buning uchun kolloid eritmasi tayyorlanishi kerak bo‘lgan metalldan yasalgan ikkita sim dispersion muhitga tushirilib, ularning biri elektr manbaning musbat qutbiga, ikkinchisi esa manfiy qutbi bilan ulanadi; simlar bir-biriga tekizilib, elektr yoyi hosil qilinadi. Bu vaqtda metall erituvchi ichida changlanib bug`ga aylana boshlaydi. Barqaror zol hosil bo‘lishi uchun ozgina ishqor qo‘shiladi. Bu usulda asisan metallarning zollari olinadi. Changlatish usuli bilan kolloid eritma hosil qilishda metall avval bug`lanadi, so‘ngra uning nanozarrachalari o‘zaro qo‘shilib, kolloid eritma zarrachalarini hosil qiladi; shu sababli bu usul kondensatsion usullar qatoriga kiritiladi.
Agar ultratovush to‘lqinlari maydoniga bir-biri bilan aralashmaydigan ikkita suyuqlik solingan idish qo‘yilsa, natijada ikki suyuqlikning emulsiyasi hosil bo‘ladi. Bu usul bilan Ag, Pb, Sn, Bi metallarning kolloid eritmalari hosil qilingan.