Amaliy mashg‘ulot №5 Mavzu:Qatlamsharoitida neftning xossalarini va unio‘rganish. Neft va gaz konlarini ishga tushirishdan oldin, shu konlarning zaxiralari aniqlanib, konni ishlatish loyihasi to‘ziladi. Bu ishlarni bajarish uchun neft va gazning hamma xossalari, kimyoviy tarkibi va fazaviy o‘zgarishlari aniqlangan bo‘lishi kerak. Buning uchun quduqlarga maxsus asboblar tushirilib, neft yoki gaz namunasi olinadi va ular tajribaxonalarda tadqiqot qilinib, barcha fizik - kimyoviy xossalari aniqlanadi.
Quduqlarga tushirilib namuna oladigan asbobni namuna olgich (probootbornik) deb yuritiladi. Namunaolgichlarni turlari juda ko‘p bo‘lib, bir - biridan farqi konstruktiv to‘zilishidadir. Shuningdek, qanday bosimgacha ishlatish mumkinligi bilan ham farq qiladi. Masalan, Moskvadagi VNII neft instituti yaratgan namuna olgichi 30 MPa bosimgacha bo‘lgan konlarda ishlatilsa, Bakudagi AzNIPI neft instituti yaratgan namuna olgich 100 MPa gacha bo‘lgan bosimlarda ishlatilishi mumkin.
Namuna olgichlarni ishlatish quyidagicha amalga oshiriladi. Namuna olgichni quduqqa tushirishdan oldin maxsus soat murvatini 10 -15 daqiqadan (quduq chuqurligiga qarab) keyin ishga tushadigan qilib burab qo‘yiladi. Namuna olgichning quduq tubiga tushgandan keyin, mo‘ljallangan vaqt o‘tgach, namuna olgichni suyuqlik kirituvchi qopqog‘i ochiladi va namuna olgichning maxsus bo‘lmasiga qatlam bosimi va haroratidagi suyuqlik kiradi. Bo‘lma suyuqlik yoki gaz bilan to‘lgandan so‘ng namuna olgichni ko‘tarish boshlangan zahoti bo‘lmaning qopqog‘i yopiladi.
Namuna olgichlar ishlash turiga qarab, asosan, ikki xil bo‘ladi. Birinchi turdagi namunaolgichlarni yuqori va pastki (yoki kiruvchi va chiquvchi) qopqoqlari doimo ochiq bo‘lib, bunday namuna olgich quduqqa tushirilayotganida uning ichidan suyuqlik o‘tib turadi. Quduq tubiga yoki namuna olinishi kerak bo‘lgan chuqurlikka yetgandan so‘ng soat mexanizmi yoki mexanik ta’sir natijasida qopqoqlar yopiladi. Ikkinchi tur namuna olgichlarda qopqoqlar faqat quduq tubiga tushirilgandagina ochilib namunaolinadi va soat mexanizmi qopqoqlarni yopadi.(8.1 – rasm.)
Namuna olgichni yer ustiga neft yoki gaz namunasi bilan olib chiqilgandan keyin uning ichidagi namunani maxsus idishga (konteynerga) o‘tkaziladi, konteynerda namunani uzoq masofaga olib borish mumkin (8.1 - rasm).
Namuna olgichdan namunani konteynerga o‘tkazish juda katta ehtiyotkorlik talab qiladi, chunki ozgina xatolikka yo‘l qo‘yilsa, namunaning termodinamik (P, T) holatlari o‘zgarishi mumkin. O‘tkazish usulining mufassal tushintirilishi tajriba o‘tkazish qo‘llanmasida berilgan.
8– rasm. Soat murvatli namuna olgich chizmasi 1-yuqori qopqoq; 2-yuqori qopqoq egarchasi; 3-tushirish mexanizmi richagi; 4-yuqori qopqoq to‘rtkichi;
5-pastki qopqoq; 6-qulf sharchalari;
7-qulf muftasi; 8-pastki qopqoq egarchasi; 9,14-prujina;
10-soat murvati; 11-jo‘va;
12-sirg‘aluvchi gayka; 13-shtift;
15-yuqori qopqoq ignasi; 16-vtulka; 17-namuna to‘planadigan bo‘shliq.
Konteynerdagi namuna tajribaxonaga olib kelingandan keyin neft yoki gazlarni tekshiriladigan maxsus apparatlarda sinab ko‘riladi.
8 – rasm. Namunani o‘tkazish usuli. 1,5-o‘tkazgichlar; 2-namunaolgich; 3- tebratgich; 4-murvat;
6-bosim o‘lchagich; 7-iskanja; 8-ajratuvchi porshen; 9-konteyner;
10-ishchi suyuqlik yig‘iladigan idish.
Neft ustida tajribalar olib borish uchun SAM - 300 M apparaturasi mavjud. Bu apparat ancha murakkab ishlangan bo‘lib, qovushqoqlikni aniqlaydigan viskozimetr, maxsus iskanja, bir necha o‘lcho v a asbob - uskunalari, elektryuritgich hamda gidro - va elektr sistemalaridan iborat. Bu apparatda neftning to‘yinganlik bosimi, siqiluvchanlik koeffitsienti, gaz bilan to‘yinganligi, zichligi, hajm koeffitsienti va kirishishi, qovushqoqligi kabi ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
Bu apparatura hozir ancha mukammallashtirilib, ASM - 600 turida ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari UIPN (qatlamdagi neftni o‘rganish uskunasi) apparati ham bo‘lib, unda ham neftning fizik xossalari aniqlanadi.
Gaz ustida tajribalar olib borish uchun UGK - 3 apparati mavjud. Bu apparat ham ASM - 300 M apparatiga o‘xshash bo‘lib, unda tabiiy gaz va kondensatlarning deyarli hamma fizik xossalarini aniqlash mumkin. Shuningdek, gaz va kondensat xossalarini o‘rganish uchun UFR - 2 apparati mavjud.
Neft, gaz va kondensatning fizik xossalarini o‘rganish uchun gazoxramatagarfiya usulidan foydalaniladi. Bu usul tabiiy gaz va kondensatlar uzluksiz alohida har bir komponentni ajratib olishga asoslangan bo‘lib, maxsus apparatura – xromatagraflarda olib boriladi. Komponentlarning ajralishi maxsus qog‘oz tasmaga avtomatik tarzda egri chizziqlar bilan chizib beriladi. Bu egri chizziqlar cho‘qqisining balandligiga qarab uglevodorodlar turlarga ajraladi.
Quduqlarga shuningdek, qatlamning bosimini, haroratini, neft, gaz va suv kelayotgan joylarini aniqlash uchun yana bir qancha maxsus asboblar tushiriladi. Bularga bosimni va haroratni aniqlaydigan va chuqurlikda ishlaydigan bosim o‘lchagich, harorat o‘lchagich, suyuqliklarni oqib kelish miqdorini aniqlaydigan miqdor o‘lchagich kabi o‘nlab har turli asboblar ham mavjud.