QAYTARILISH REAKTSIYASI 1. Kumush metali zoli hosil qilish. Kumush tuzlari ishqoriy muxitda tanin ta`sirida metallgacha qaytariladi. Buning uchun 2 ml 1,7% li AgNO3 eritmasini 100 ml gacha distillangan suv qo’shib suyultiriladi. 1 ml 0,1 %li tanin eritmasi, so’ngra 3-4 tomchi 1 %li K2CO3 qo’shiladi. Manfiy zaryadga ega bo’lgan pushti qizil kumush zoli hosil bo’ladi. Agar tanin kam bo’lsa, zol sarg’ishroq bo’ladi. Ishqoriy sharoitda quyidagi reaktsiya ketadi:
6AgNO3+C76H52O46+3K2CO3→6Ag+C76H52O49+6KNO3+3CO2 Mitsellaning yadrosiga OH¯- adsorbnlangan bo’ladi.
2. Marganets tuzini ammiak yordamida qaytarish. 5 ml 1.5% li KMnO4
eritmasini 100 ml gacha suv qo’shish bilan suyultiriladi va qaynaguncha qizdiriladi.
Qizdirish davomida oz-ozdan (0.5ml chamasi) jami 5 ml gacha ammiaknnng kontsentrlangan eritmasidan qo’shiladi. Marganets (1U)-oksidnnng MnO2 qizil qo’ng’ir zoli hosil bo’ladi.
3. Marganets tuzlarini Na2S203 natriy tiosul’fat yordamida qaytarish.5 ml
1,5% li KMnO4 eritmasini 50 ml gacha suyultirilib, unga tomchilatib 1,5-2 ml 1% li Na2S203 eritmasidan tomiziladi. MnO2 ning binafsha qizil tusli zoli hosil bo’ladi.
OKSIDLANISH REAKTSIYASI 1. Oltingugurt zolini oksidlanish reaktsiyasi orqali hosil qilish. Kristall xolatdagi natriy tiosul’fat Na2S2O3 · 5H2O dan olib 30 ml suvda eritiladi. 300 ml.li stakanga kontsentrlangan sul’fat kislotadan (r =1,84 g/sm3) quyiladi va maydalangan muz solingan kristallizatorga tushiriladi. Kislotani oxista aralashtirib turgan xolda unga tomizgich voronka orkali natriy tiosul’fat eritmasi quyiladi (tajribani xavo so’rgich shkafda olib boring). Reaktsiya natijasida och sariq rangli quyuq massa hosil bo’ladn. So’ng bu quyuq massaga 1/200 ml suv quyib, suvli hammomda har 30-60 minutda aralashtirib turgan xolda qizdiriladi. So’ngra sovutib, hosil bo’lgan oq sutsimon oltingugurt zolini shisha fil’tr orqali fil’trlanadi. Bu oltingugurt zolida ortiqcha elektrolitlar, ya`ni H2SO4 va Na2SO4 bo’ladi. Zolni elektrolitlardan tozalash uchun, darrov NaС1 ning to’yingan eritmasidan ozrok qo’shib koagulyatsiyaga uchratiladi. Hosil bo’lgan cho’kmani ajratib olib, fil’tr kog’oz orasida
siqiladi va distillangan suv bilan peptizatsiyaga uchratiladi. Zolning erimay qolgan qismini boshqa stakanga olib ajratiladi. SHunday usulda hosil qilingan oltingugurtning zoli yuqori disperslik darajasiga ega bo’ladi. Zolni hosil bo’lish reaktsiya tenglamasi quyidagicha: