O’quv mоdul birliklari



Yüklə 142,47 Kb.
səhifə1/4
tarix16.12.2022
ölçüsü142,47 Kb.
#75486
  1   2   3   4
Shesternali


13-МА’RUZA.
Hajmiy nasoslar va ularning turlari
(2 sоat)
Ma’ruzachi: katta o’qituvchi Nodirov Jahongir Muhamadjanovich

O’quv mоdul birliklari.

  • Talabalarni оldingi mavzuga оid bilimlarini faоllashtirish.
  • Pоrshenli nasоslar.
  • Rotorli nasоslar.
  • Plastinkali nasоslar.
  • Aksial porshenli nasоslar.
  • Ma`ruza tahlili.

Hajmiy nasoslar to`g`risida umumiy tushunchalar


Hajmiy nasoslar suyuqlikning ma'lum bir hajmini ajratib olib, unga kuch ta'sir qilish yo`li bilan harakatga keltiriladi.
Hajmiy nasoslar ikki katta guruhga bo`linib, ular porshenli va rotorli nasolar deyiladi. Bular ya'ni, bir qancha kichik guruichalarga bo`linadi.
Hajmiy nasoslarning energiyasining nuqtaiy nazardan qaraganimizda, ajratib olingan hajmdagi suyuqlikning potensial energiyasini oshirib beradi. Bu potensial energiyadan ikki xil usulda foydalanish mumkin: suyuqlikning yuqoriga ko`tarish yoki trubada oqizish; foydali ish bajarish yoki ikkinchi mexanizmni harakatga keltirish. Birinchi holda suyuqlikda energiya suyuqlikka energiya berayotgan mexanizm nasos sifatida ishlasa, ikkinchi holda gidrouzatma sifatida ishlaydi
Porshenli nasoslarning tuzilishi
Rasmda porshenli nasosning sodda sxemasi keltirilgan. Bunda porshen, 3 tarkibi­da shtok 2 bo`lgan krivoship shatun 1yordamida harakat qiladi. Bu nasosda suyuqlikning so`rilishi va xaydashini porshen silindrda ilgarilama - qaytma harakatiga asoslangan. Porshen silindr ichida qaytma (oraga) harakat qilganda uning oldidagi ish – bo`lmasining hajmi-ortib, siyraklanish hosil bo`ladi. Bu siyraklanish ma'lum chegaraga yetganida ish bo`lmasidagi bosim bilan tirgak klapan 7 ochiladi ostidagi xrapovikda bo`lgan bosim orasidagi farq so`rish klapani 4 ni ochadi va suyuqlik so`rish trubasi 6 orqali ish bo`lmasiga kiradi. So`rish jarayoni porshen o`zining eng chekka so`rish chegarasiga yetguncha davom etadi. Bunda so`rish trubasidagi siyraklanish so`rish klapani oldiga joylashtirilgan vakummetr yordamida o`lchanadi. Ta'minlovchi idishdagi suyuqlik sathidan nasos silindirining eng yuqori sathigacha bo`lgan balandlik so`rish balandligi hc deyiladi.

Yüklə 142,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin