Anatomiya 2014. indd


To‘xtab – to‘xtab nafas olish



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

To‘xtab – to‘xtab nafas olish. 
Himoyaviy moslanish reak-
siyalari sifatida reflektor ravishda paydo bo‘luvchi nafas olish rit-
mining buzilish laridan tashqari, uning nafas olishni idora qilishi-
ni izdan chiqishi tufayli paydo bo‘luvchi buzilishlar ham mavjud-
dir. Bu nafas markaziga ta’sir ko‘rsatuvchi markaziy nerv tizimi-
dagi turli patologik jarayonlar vaqtida kuzatiladi.
Og‘ir hollarda ular nafas markazining falaji tufayli o‘limga 
olib kelishi mumkin. To‘xtab-to‘xtab nafas olish Cheyn–Stoks, 
Biot va Kusmaul tipida nafas olishlari sifatida uchratiladi.
Cheyn–Stoks nafasi uchun nafas olish chuqurligining asta-sekin 
ortib borishi, so‘ng maksimumga yetishi, yana asta-sekin kamayib
yarim minutga yetar cho‘ziluvchi pauzaga o‘tilishi bilan xarakter-
lidir. Pauzadan so‘ng nafas olish yangitdan chuqurlasha boradi va 
pauza yana uzoq takrorlanadi va hokazo. Cheyn–Stoks nafasi miya 
qon aylanishining buzilishida, miya va uning pardalarini o‘smasida, 
bosh miya ichki bosimining ortganida, yuzaga kelishi mumkin.


262
Biot nafasi – odatda, mo‘tadil nafas olishda pauzalarning 
mavjud ligi bilan xarakterlanadi. Bunday nafas olish miya va uning 
pardalarida yallig‘lanish jarayonlari bo‘lganda, issiq urganda ba’zi 
zaharlanishlarda kuzatiladi.
Kussmaul nafasi – davomli pauzalar bilan kechuvchi chuqur 
talvasali ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. U modda almashinuvi bu-
zilishi bilan bog‘liq intoksikatsiyalarda, uremiya, qandli diabetda 
kelib chiqishi mum kin.
Tashqi nafas buzilishlari
 
Balandlik va tog‘ kasalligi. 
Gipoksiya kislorodning parsial bo-
simi pasayib ketganda, ya’ni katta balandlikda bo‘linganda, ay-
niqsa, yaq qol qo‘rinadi. Bu masalani o‘rganishga so‘nggi birnecha 
o‘n yillar davomida aviatsiyaning, ayniqsa, baland uchishlari jadal 
rivojlanishi tufayli, ko‘p ahamiyat berilyapti.
Kislorod tanqisligi alomatlari maxsus uskunalar o‘rnatilmagan 
samolyotlarda, tog‘larga chiqilganda kuzatilishi mumkin. Baland-
lik kasalligi va tog‘ kasalligi bir-biridan farq qiladi.
U yoki bu kasallikning asosiy ko‘rinishlari kislorod tanqisli-
gi bilan bog‘liq. Ammo ularning o‘rtasida jiddiy farq bor. Baland-
lik kasalligi, odatda, balandlikka tez ko‘tarilganda paydo bo‘ladi. 
Siyraklash gan atmosferaga tez o‘tishlik katta ahamiyatga ega. Bu 
organizmni yangi sharoitga asta-sekin moslanishdan mahrum eta-
di. Tog‘ kasalligi tog‘larga chiqish bilan bog‘langandir. Balandlik-
ka, odatda, sekin chiqiladi va organizm kislorodning parsial bosimi 
pasayishiga asta-sekin moslashib boradi. Ammo tog‘larga chiqish 
qattiq charchatadigan katta jismoniy zo‘riqish bilan bog‘liqdir.
Balandlik va tog‘ kasalligining rivojlanish va hamda ularning 
yuza ga chiqish darajasi odamning shaxsiy xususiyatlariga chiniq-
qanligiga balandliklarga o‘rganganliklariga bog‘liq. Chiniqma-
gan sog‘ lom odam ning ko‘pchiligida balandlik kasalligining bel-
gilari dengiz sat hidan 4000 m yuqori ko‘tarilganda yuzaga chiqa 
boshlaydi. Ungacha havoda kislorodning yetishmasligi organizm 
o‘zgarishi hisobiga kompensa tsiyalanadi.
Uchuvchilar kislorod bilan nafas olmay, katta balandliklarga 
ko‘ tarila oladilar. Ammo 10 000 metrdan ortiq balandlikda hayot-
ni xav 
f ostida qoldirmasdan ko‘tarilishni hech kim uddasidan 
chiqa olgani yo‘q.


263
Balandlik kasalligining dastlabki alomatlari markaziy nerv ti-
zimining ko‘pincha, ko‘tarinki ruh – eyforiya bilan ifodalanuv-
chi qisqa muddatli qo‘zg‘alish bilan bog‘liqdir. Bunda odam o‘z 
xatti-harakatini bosh qara olmay qoladi. Agar u shungacha har-
sillash, charchoq lik hissini sezsa, eyforiya vaqtida unga o‘zini ju-
da ham yaxshi sezayotganday tuyuladi. Odam o‘z kuchini ortiq-
cha baholaydi, bu esa ba’zan juda og‘ir oqibatlarga olib keladi. 
Qo‘zg‘alish holdan toyish bilan almashinadi. Bu esa charchashlik, 
uyquchanlik, boshning og‘irlashib qolishi, og‘riq sezgisi, ba’zi-
da psixik buzilishlar, tajanglik, keyinroq atrofga nisbatan bepar-
volik kelib chiqadi. To‘qimalarga kislorodning borishi kamayishi, 
ayniqsa, miyaga kam borishi tufayli gipoksiya bosh lanadi. Unda 
odam hansiraydi, ko‘karib ketadi, yurak urishi tezlashadi, burun, 
oshqozon ichak yo‘li shilliq pardalaridan qon ketadi, bosh ayla-
nadi, qusadi.
Balandlik kasalligining oldini olish uchun uchganda 4500–
5000 metrdan boshlab kislorod bilan nafas olish qo‘llaniladi. Kat-
ta baland liklarda uzoq uchilganda, yaxshisi kislorodni bir oz kar-
bonat kislotasi bilan aralashmasini qo‘llash maqsadga muvofiq-
dir. Bu siyraklash gan atmosferada organizmdan karbonat kislo-
tasining osonlik bilan chiqib ketishi va uning bir ozgina miqdori 
nafas markazini qo‘zg‘atish uchun zarurligi bilan tu shuntiriladi.
Toqqa chiqishga tayyorgarlik ko‘rilganda, alpinistlar bir oz vaq t 
mobaynida o‘rtacha balandliklarda yashaydilar. Akklima tsiya vaq-
tida kompensator moslashuvlari rivojlanadi. Uchuvchilar baland 
uchish uchun istalgan balandlikka to‘g‘ri keladigan siyraklash gan 
havoni hosil qilish mumkin bo‘lgan maxsus priborlar – barokame-
ralarda ol dindan mashq qiladilar. Uchuvchi bo‘lish ga tayyorgar-
lik ko‘radigan odamlarning shaxsiy xususiyatlari va ularning kom-
pensator qobiliyatlari to‘g‘ri kasb tanlashda katta ahamiyat ga ega. 
O‘z-o‘zidan ma’lumki, yurak tomir tizimi kasalliklari nafas yoki 
qon ishlab chiqarish a’zolarida patologik jarayonlar bo‘lgan shaxs-
larning kompensator moslashuv mexanizmi baland likka ko‘taril-
ganda yetishmay qolishi mumkin.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin