Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Yo‘tal va aksa urish. 
Yo‘tal ham harsillash mohiyatiga ko‘ra 
himoya viy moslashish reaksiyasi bo‘lib nafas olishning buzilishi-
dir. Yo‘tal keskin nafas chiqarish akti bo‘lib, unda nafas yo‘lla-
ridan qattiq bosim ostida havo bilan birga nafas yo‘llarida mav-
jud bo‘lgan yo‘t moddalar itarib chiqariladi. 
Yo‘tal nafas olish yo‘llarining shilliq pardasidagi nerv uchlari-
ning ta’sirlanishi tufayli reflektor ravishda yuzaga keladi. Yo‘tal-


261
ni keltirib chiqaruvchi refleks plevra va qorin pardasi ta’sirlan-
ganda paydo bo‘ladi. Bunday hollarda yo‘tal moslashish aha-
miyatiga ega emas, chunki u nafas olish yo‘llarini tozalash zaru-
riyati bilan kelib chiqmaydi. U yengillik tug‘dirmaydi va tinkani 
qurituvchi ta’sir ko‘rsatadi. Davomli yo‘tal tez-tez takrorlanuv-
chi havo bosimining o‘pkada ortishini keltirib chiqaradi va al-
veolalar o‘rtasidagi to‘siqlarning ajralib ketishiga, ularning havo-
ga to‘lib qolishiga yoki emfizema holatiga olib keladi.
Yo‘tal vaqtida o‘pkada bosimning ortishi qon aylanishining 
buzilishini keltirib chiqaradi. Bosim o‘pkalar yaqinidagi kavak 
venalarga uzatiladi, bu yurakka qon kelishini qiyinlashtiradi, ve-
nalarda qon to‘xtab qolishini va stenoz holatlarini keltirib chiqa-
radi. Yo‘talning quyidagi turlari bo‘ladi:
1. Qo‘pol, vovullashga o‘xshash yo‘tal – laringitda.
2. Quruq, ozorli, to‘xtovsiz yo‘tal – traxeit, rak, plevritda.
3. Nam yo‘tal – bronxitda.
4. Qisqa, og‘riqli yo‘tal – pnevmoniyada.
5. Bo‘g‘iq yo‘tal – emfizemada.
6. Ovozsiz yo‘tal – sil, hiqildoqni zahm kasalligida.
Aksa urish
– burun shilliq pardasining ta’sirlanishiga javob 
sifatida paydo bo‘ladi. Aksa urganda burun orqali keskin nafas 
chiqadi va uning bo‘shlig‘ini yot jismlardan yoki shilliq modda-
dan tozalaydi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin