257
va chiqaradi. Nafas olganda uzunchoq miyada joylashgan nafas
markazida ritmik qo‘zg‘alish lar paydo bo‘ladi va undan nerv im-
pulslari orqa miyaning nafas markaziga, keyin diafragma va qo-
vurg‘alararo nervlar orqali nafas mushaklariga boradi.
Odamning nafas olish apparatiga ko‘krak qafasini harakatga
keltiruvchi mushaklar va o‘pka nafas yo‘llari kiradi. Eng aso-
siy nafas musha gi bo‘lib diafragma, shuningdek, tashqi va ich-
ki qovurg‘alar aro mu shaklar hisoblanadi. Diafragma qisqargani-
da yassilanib past ga tushadi va qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarni past-
ga va oldinga itarib, siljitadi, natijada ko‘krak bo‘shlig‘i vertikal
yo‘nalishda kattalashadi. Tashqi qovurg‘alararo mushaklar qisqa-
rib, qovurg‘alarni ko‘tarishi natijasida ko‘krak qafasi ikki yonga
va orqadan oldinga qarab kenga yadi. Ko‘krak qafasi kengaygani-
da o‘pkalar ko‘krak qafasi harakati orqasidan faol yo‘naladi va
o‘pka bo‘shlig‘i bosimi atmosfera bosimidan pasayadi. Natijada
atmosfera havosi o‘pkaga kirib nafas olish ro‘y beradi.
Nafas chiqarganda diafragma bo‘shashadi va qorin bo‘shlig‘i
a’zolari bosimi ostida yuqoriga ko‘tarilib, o‘z shaklini egallay-
di. Ko‘krak qafasi o‘zining og‘irlik kuchi va ichki qovurg‘alararo
mushaklarning qisqarishi bilan pastga tushib, o‘z holatini egallay-
di. Cho‘zilgan o‘pkalar o‘zining elastiklik xususiyati bilan h ajm
jihatidan kichrayadi va havo o‘pkadan tashqariga chiqib, nafas
chiqarish ro‘y beradi. Chuqur nafas olganda ko‘krak va bo‘yin
mushaklari ishtirok etsa, chuqur nafas chiqarganda qorin mu-
shaklari ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: