Anatomiya 2014. indd


qovurg‘a plev rasining  mediastinal plev  raga o‘tgan yerida qovurg‘a-mediastinal sinus



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
qovurg‘a plev rasining 
mediastinal plev 
raga o‘tgan yerida qovurg‘a-mediastinal sinus
 
hosil bo‘ladi.
Plevraning chegaralari. 
Plevra gumbazi o‘ng va chap tomonda 
I qo vurg‘a bo‘ynigacha, orqa tomonda VII bo‘yin umurtqasining 
qirrali o‘simtasigacha boradi. Old tomonda I qovurg‘adan 3–4 sm 
yuqo ri tursa, o‘mrov suyagidan 1–2 sm yuqori turadi. O‘ng va 
chap plev raning oldingi chegarasi bir xil emas. O‘ng tomonda ol-
dingi chegara plevra gumbazidan to‘sh-o‘mrov bo‘g‘imi orqasidan 
pastga to‘sh suyagi tanasining orqasida o‘rta chiziqdan chaproq 
yo‘naladi. VI qovurg‘a tog‘ayining to‘sh suyagiga birikkan sohada 
pastki chegarasi lateral va pastga yo‘nalib, o‘rta o‘mrov chizig‘ida 
VII qovurg‘ani, oldingi qo‘ltiq osti chizig‘ida VIII qovurg‘ani, 
o‘rta qo‘ltiq osti chizig‘ida IX qovurg‘ani, kurak chizig‘ida XI 
qovurg‘ani kesib o‘tib, umurtqa pog‘onasiga keladi va XII qo-
vurg‘aning bo‘yni sohasida plevraning pastki chegarasi orqa che-
garasiga o‘tib ketadi.
Chap parietal plevraning oldingi chegarasi uning gumbazi-
dan chap to‘sh-o‘mrov bo‘g‘imi orqasidan to‘shning chap chek-
kasiga yaqinroqda pastga tomon yo‘nalib, IV qovurg‘a tog‘ayiga-
cha tushadi. Pastga va lateral yo‘nalib, to‘shning chap chekkasi-
ni kesib o‘tib, VI qovurg‘a tog‘ayigacha tushadi va pastki chega-
rasiga o‘tib ketadi. Chap qovurg‘a plevrasining pastki chegarasi 
o‘ngiga nisbatan biroz pastroq joylashadi. Orqada XII qovurg‘a 
sohasida orqa chegarasiga o‘tib ketadi. Plevraning orqa chegara-
si uning cho‘qqisidan pastga umurtqa pog‘onasi bo‘ylab, XII
 
qo-
vurg‘a boshchasigacha tushadi.
Ko‘ks oralig‘i
Ko‘ks oralig‘i
(mediastinum)
 
deb ikkita mediastinal plevra 
o‘rtasida joylashgan a’zolar majmuiga aytiladi. Ko‘ks oralig‘i old 
tomondan to‘sh suyagi, orqadan umurtqa pog‘onasining ko‘krak 
qismi, yon tomondan o‘ng va chap mediastinal plevra, pastdan 
diafragma, yuqoridan ko‘krak qafasining ustki aperturasi bilan 
chegaralanadi. Ko‘ks oralig‘i ikkiga: yuqo rigi va pastki qismlar-


256
ga bo‘linadi. Ular o‘rtasida chegara qilib to‘sh dastasini tanasiga 
birikkan joy bilan IV–V ko‘krak umurtqalariaro tog‘ay o‘rtasida 
o‘tkazilgan shartli sath olinadi. Yuqo ri ko‘ks oralig‘ida ayrisimon 
bez, o‘ng va chap yelka-bosh venalari, yuqori kavak vena, aorta 
ravog‘i va uning tarmoqlari, kekirdak qizilo‘ngach, o‘ng va chap 
simpatik poya, adashgan va diafragma nerv lari joylashadi.
Pastki ko‘ks oralig‘i, o‘z navbatida,

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin