239
qozonning kichik egriligida jigar-osh qozon boylami ikki varaqqa
bo‘linadi. Uning oldingi va orqa devorini qoplab oshqozonning
katta egriligida ular yana birikadi. So‘ngra ko‘ndalang chambar
ichak va ingichka ichak qovuzloqlari oldidan pastga tushib katta
charvining
oldingi qatlamini hosil qiladi.
Uning oshqozon katta
egriligi bilan ko‘ndalang chambar ichak o‘rtasidagi qismi oshqo-
zon-chambar ichak boylami
deb ataladi. Katta charvining oldingi
qatlami ma’lum sohada orqaga qayrilib,
uning orqa qatlamini ho-
sil qiladi. Ko‘ndalang chambar ichakka yetib borgach, katta char-
vining orqa qatlami ko‘ndalang chambar ichakning charvi tasmasi
va uning tutqichiga birikadi. Ko‘ndalang chambar ichakning tut-
qichidan yuqorida bu qatlamlar parietal qorinpardaga o‘tib, osh-
qozon osti bezini old tomondan qoplaydi va qorin bo‘shlig‘ining
orqa devoriga o‘tib ketadi. Katta charvining
oldingi va orqa qat-
lamlari o‘rtasida yog‘ kletchatkasi bo‘ladi. Qorinpardaning oshqo-
zon katta egriligidan chiqqan ikki varag‘i chapga taloq darvozasi-
ga yo‘na lib, oshqozon-taloq boylamini, oshqozonning kardial qis-
mi bilan diafragma o‘rtasida oshqozon-diafragma
boylamini hosil
qiladi. Qorinning oldingi devorini qoplagan parietal qorinparda
kindik bilan qov simfizi o‘rtasida 5 ta
burma: toq o‘rtadagi kindik burmasi,
Dostları ilə paylaş: