Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə187/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
hosil qiladi. Ichki qiya tolalar 
osh qozonning kardial qismidan boshlanib, pastga va o‘ngga katta 
egrilikka yo‘naladi.
112-rasm. Oshqozonning
shilliq pardasi:
1–qizilo‘ngachning shilliq 
pardasi; 2–oshqozon burma-
lari; 3–oshqozonning pilorik 
qismining teshigi; 4–pilorik 
qismidagi qisuvchi mushak; 
5–shilliq pardaning bo‘ylama 
burmalari.


218
Tashqi seroz parda
 
qorinpardaning 
visseral varog‘idan hosil bo‘lib, oshqo-
zonni hamma tomondan o‘raydi.
Oshqozon fiziologiyasi. 
Qabul qi-
lingan ovqat oshqozonda 4 dan 10 
soat gacha turadi va shu vaqt ichida 
ovqat massasi mexanik va kimyo 
viy 
parchalanadi. Ovqat massasini mexa-
nik parchalanishi osh qozon mushak-
larini tonik va peristaltik qisqarishi 
ta’siri ostida ro‘y beradi. Tonik qisqa-
rish uzoq vaqt va beto‘xtov davom eta-
di. Peristaltik qisqarish oshqozonning 
kardial qismidan boshlanib, to‘lqinsi-
mon pilorik qismiga qarab yo‘naladi. 
Shunday qilib aralashgan ovqat mas-
sasi osh qozon shirasi ta’siriga uchraydi va kimyoviy parchalanib 
suyuq bo‘tqaga aylanadi.
Oshqozon shirasi oshqozon bezlari mahsuli hisoblanadi. U ti-
niq, rangsiz suyuqlik, tarkibida xlorid kislota bo‘lgani uchun mu-
hiti kis lotali. Oshqozon shirasi tarkibiga pepsin, gastriksin va li-
paza fermentlari, 0,5 % xlorid kislota, shuningdek, mutsin kira-
di. Oshqozon shirasi tarkibida lizotsim fermenti va HCl bo‘lgani 
uchun u bakteri tsid xususiyat ga ega. Odamda bir sutkada 1,5–2,5 
l
osh qozon shirasi ish lab chiqariladi. Oshqozonda ovqat bo‘lmagan-
da, uning bezlari shira ishlab chiqarmaydi, shilliq parda yuzasi esa 
shilliq bilan qoplangan. Ovqat yeyish bosh langandan 5–10 daqiqa 
o‘tgach, bezlar shira ishlab chiqara boshlaydi va sekretsiya jarayo-
ni oshqozonda ovqat tugamaguncha davom etadi.
Shira ajralishi ovqatning sifati va miqdoriga bog‘liq. O‘simlik 
oqsillari hayvoniy oqsillarga qaraganda qiyinroq hazm bo‘ladi. 
Shira ning hazm kuchi nonga eng uzoq ta’sir qiladi, 200 g nonni 
hazm qilishda sekretsiya davri o‘rtacha 10 soat, 200 g go‘sht uchun 
8 soat, 600 g sut uchun 6 soat, go‘shtli ovqat yeganda kislotali 
yuqo ri, sutli ovqatda kamroq, non yeganda undan ham kam.
Bo‘sh oshqozon har 60–80 daqiqada davriy qisqaradi, bu 
qisqa rish larni ochlik qisqarishlari deb nomlanadi. Qisqarish davri 
10–15 daqiqa davom etib, tinchlik davri bilan almashinadi. Bu 
qisqarishlar ochlik sezgisini keltirib chiqaradi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin