214
Follikulyar anginada, tanglay murtaklari kattalashib, qizarib
ketadi, yuzasida yiring nuqtalar ko‘rinadi, isitma baland bo‘ladi.
Lakunar anginada, yiring orolchalar paydo bo‘ladi,
yiring olib
ko‘rilganda qonab ketadi, isitma baland bo‘ladi.
O‘tkir angina, tez-tez takrorlanib, oxirigacha davolanma-
sa, surunkali tonzillit rivojlanadi.
Bunda murtaklar kattalashib,
ba’zan esa atrofiyaga uchraydi, yuzasida egatchalar paydo bo‘lib,
ular ichida yiring to‘planib turadi. Surunkali tonzillit vaqti-vaq-
ti bilan qo‘zg‘ab turadi va revmatizm,
miokardit, glomerulonefrit
kasalliklarni rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Qizilo‘ngach
Qizilo‘ngach
(esophagus)
oldindan orqaga biroz yassilan-
gan nay bo‘lib, ovqat luqmasini halqumdan oshqozonga o‘tkazib
beradi. Uning uzunligi 25–30 sm. Qizilo‘ngach VI–VII bo‘yin
umurtqalari sohasidan boshlanib, X–XI ko‘krak umurtqalarining
chap tomonida oshqozonga kirish qismiga o‘tib ketadi. Unda
uch: bo‘yin, ko‘krak va qorin qismlari tafovut qilinadi.
Qizilo‘ngachning bo‘yin qismi
VII bo‘yin
umurtqasi so-
hasiga to‘g‘ri keladi. Uning old tomonida kekirdak, orqasida
umurtqa pog‘onasi, yon tomonlarida esa orqaga qaytuvchi hi-
qildoq nervi va umumiy uyqu arteriyasi joylashgan.
Qizilo‘ngachning ko‘krak qismi eng uzun qismi bo‘lib, or-
qa ko‘ks oralig‘ida umurtqa pog‘onasining oldida joylashgan. U
IX ko‘k rak umurt qasi sohasida biroz chapga va oldinga yo‘na-
lib, umurtqa pog‘onasidan uzoqlashadi. Uning ko‘krak
qismi-
ning old tomonida IV ko‘krak umurtqasigacha bo‘lgan sohada
kekirdak joylashsa, IV ko‘krak umurt qasi sohasida aorta ravog‘i,
IV–V ko‘krak umurtqasi sohasida esa chap bosh bronx kesib
o‘tadi. Qizilo‘ngach ko‘krak qismining pastki bo‘lagi
oldingi yu-
zasida chap, orqa yuzasida esa o‘ng adashgan nerv joylashadi.
Qizilo‘ngachning qorin qismi
1–3 sm bo‘lib, jigar chap bo‘la-
gining orqa yuzasiga tegib turadi. Qizilo‘ngachning uchta anato-
mik toraymasi bo‘lib, ularning birinchisi VI–VII bo‘yin umurt-
qasi sohasida halqumning qizilo‘ngachga o‘tish joyida,
Dostları ilə paylaş: