Anatomiya 2014. indd


halqumni mushak qavatini tashqaridan o‘rab,  qo‘shni a’zolardan ajratib turadi. Angina



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
halqumni mushak qavatini tashqaridan o‘rab, 
qo‘shni a’zolardan ajratib turadi.
Angina
Angina ko‘p uchraydigan kasallik bo‘lib, sabablari: strepto-
kokk, stafilakokk, adenoviruslar hisoblanadi. Bunda organizm 
sezgirligi ning o‘z garishi – sensibilizatsiya va shamollash muhim 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Anginada, tang‘lay murtaklari, yumshoq 
tang‘lay yallig‘lanadi. Angina o‘tkir va surunkali bo‘ladi. O‘tkir 
angina: kataral, follikular, lakunar, flegmanoz bo‘ladi. Kataral an-
ginada tang‘lay murtaklari, tomoq qizaradi, yutinganda og‘riq pay-
do bo‘ladi, isitma ko‘tariladi.


214
Follikulyar anginada, tanglay murtaklari kattalashib, qizarib 
ketadi, yuzasida yiring nuqtalar ko‘rinadi, isitma baland bo‘ladi.
Lakunar anginada, yiring orolchalar paydo bo‘ladi, yiring olib 
ko‘rilganda qonab ketadi, isitma baland bo‘ladi.
O‘tkir angina, tez-tez takrorlanib, oxirigacha davolanma-
sa, surunkali tonzillit rivojlanadi. Bunda murtaklar kattalashib, 
ba’zan esa atrofiyaga uchraydi, yuzasida egatchalar paydo bo‘lib, 
ular ichida yiring to‘planib turadi. Surunkali tonzillit vaqti-vaq-
ti bilan qo‘zg‘ab turadi va revmatizm, miokardit, glomerulonefrit 
kasalliklarni rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Qizilo‘ngach
Qizilo‘ngach
(esophagus)
 
oldindan orqaga biroz yassilan-
gan nay bo‘lib, ovqat luqmasini halqumdan oshqozonga o‘tkazib 
beradi. Uning uzunligi 25–30 sm. Qizilo‘ngach VI–VII bo‘yin 
umurtqalari sohasidan boshlanib, X–XI ko‘krak umurtqalarining 
chap tomonida oshqozonga kirish qismiga o‘tib ketadi. Unda 
uch: bo‘yin, ko‘krak va qorin qismlari tafovut qilinadi.
Qizilo‘ngachning bo‘yin qismi
 
VII bo‘yin umurtqasi so-
hasiga to‘g‘ri keladi. Uning old tomonida kekirdak, orqasida 
umurtqa pog‘onasi, yon tomonlarida esa orqaga qaytuvchi hi-
qildoq nervi va umumiy uyqu arteriyasi joylashgan.
Qizilo‘ngachning ko‘krak qismi eng uzun qismi bo‘lib, or-
qa ko‘ks oralig‘ida umurtqa pog‘onasining oldida joylashgan. U 
IX ko‘k rak umurt qasi sohasida biroz chapga va oldinga yo‘na-
lib, umurtqa pog‘onasidan uzoqlashadi. Uning ko‘krak qismi-
ning old tomonida IV ko‘krak umurtqasigacha bo‘lgan sohada 
kekirdak joylashsa, IV ko‘krak umurt qasi sohasida aorta ravog‘i, 
IV–V ko‘krak umurtqasi sohasida esa chap bosh bronx kesib 
o‘tadi. Qizilo‘ngach ko‘krak qismining pastki bo‘lagi oldingi yu-
zasida chap, orqa yuzasida esa o‘ng adashgan nerv joylashadi.
Qizilo‘ngachning qorin qismi
 
1–3 sm bo‘lib, jigar chap bo‘la-
gining orqa yuzasiga tegib turadi. Qizilo‘ngachning uchta anato-
mik toraymasi bo‘lib, ularning birinchisi VI–VII bo‘yin umurt-
qasi sohasida halqumning qizilo‘ngachga o‘tish joyida,

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin