Anatomiya 2014. indd


joylashgan. Halqumning og‘iz qismi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə182/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
joylashgan.
Halqumning og‘iz qismi
 
tanglay chodiri bilan hiqildoqqa ki-
rish teshigi o‘rtasida joylashgan. Bu qism old tomondan tomoq 
teshigi vositasida og‘iz bo‘shlig‘i bilan qo‘shiladi. Halqumning 
og‘iz qismida til ildizi sohasida til murtagi
 
yon tomonda esa juft 
tanglay murtagi joylashgan.
Halqumning hiqildoq qismi
 
hiqildoqning orqasida hiqildoq-
qa kirish teshigidan qizilo‘ngachgacha davom etadi. Hiqildoq-
qa kirish teshigi yuqo ri tomondan hiqildoq usti tog‘ayi
 
yon to-
mondan cho‘michsimon-hi qildoq usti burmalari, past tomondan 
cho‘michsimon tog‘aylar bilan chegaralangan. Halqumning hiqil-
doq qismida noksimon cho‘ntaklar
 
joy lashgan. Halqumning qizil-
o‘ngachga o‘tish sohasi toraygan bo‘lib, halqum-qizilo‘ngach to-
raymasi deyiladi.


213
Halqumning burun va og‘iz qismida halqa shaklida joylashgan 
ikkita juft (nay va tanglay) va ikkita toq (halqum va til) murtaklar 
to‘plamini Pirogov-Valdeyer limfo-epitelial halqasi deb ataladi.
Halqum devori quyidagi qavatlardan iborat:
Shilliq parda halqum devorini ichki tomondan qoplab, yuqo-
ri qismida fibroz parda bilan birikkani uchun burmalar hosil qil-
maydi. U burun qismida kiprikli epiteliy bilan, pastki qismlari-
da ko‘p qavatli yassi epiteliy bilan qoplangan. Unda shilliq bezla-
ri bo‘lib, ularning suyuqligi ovqat yutgan vaqtda ovqat luqmasini 
sirpanishini ta’minlaydi.
Shilliq osti asos halqumning yuqori qismida fibroz parda
 
yoki halqum-asos fassiyasini hosil qilib, halqumni bosh suyagi 
asosini tash qi yuzasiga tortib turadi. Halqumning hiqildoq qis-
mida esa bu qatlam bo‘sh shilliq osti asos
 
shaklida bo‘ladi.
Mushak qavat ko‘ndalang-targ‘il mushaklardan tuzilgan 
bo‘lib ikki: halqumni qisuvchi va ko‘taruvchi guruhlarga bo‘lina-
di. Halqum ning qisuvchi mushaklari uchta: ustki, o‘rta va pastki. 
Ular kalla asosi, til osti suyagi, pastki jag‘ suyagi, hiqildoq tog‘ay-
laridan boshlanib orqa tomonga yo‘naladi va o‘rta chiziqda o‘zaro 
birikib halqum chokini hosil qiladi.
Halqumni ko‘taruvchi yoki bo‘ylama mushaklarga bigizsimon-
halqum va tanglay-halqum mushaklari kiradi. Halqum mushakla-
ri ovqatni yutishda ishtirok etadi. Halqum bo‘shlig‘iga ovqat luq-
masi tushganda, uning bo‘ylama mushaklari halqumni yuqori-
ga ko‘taradi. Halqumni qisuvchi mushaklar esa yuqoridan pastga 
tomon birin-ketin qisqarib, ovqat luqmasini qizilo‘ngach tomon 
yo‘naltiradi.
Advensial parda

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin