210
Pastki jag‘ osti so‘lak bezi
murakkab
alveolyar-naysimon bez
bo‘ lib, aralash tarkibli suyuqlik ishlab chiqaradi. U pastki jag‘
suyagi ostidagi chuqurchada
joylashib, og‘irligi 15 g. U yupqa
kapsula bilan o‘ralgan. Tashqi tomondan bezga bo‘yin fassiyasi-
ning y uza qatlami va teri tegib turadi. Uning ustki yuzasi pastki
jag‘-til osti mu shagiga tegib tursa, medial
yuzasi til osti-til va bigi-
zsimon-til osti suyagi mu shaklariga tegib turadi. Bezning umumiy
nayi (Vartanov nayi) oldinga tomon yo‘nalib, til osti so‘rg‘ichiga
til uzangisi yonida ochiladi.
Til osti so‘lak bezi
ancha kichik bez bo‘lib, og‘irligi 5 g. U
shilliq suyuqlik ishlab chiqaradi. Bez og‘iz tubi shilliq pardasi os-
tida past ki jag‘-til osti suyagi mushagi ustida yotadi. Lateral to-
mondan bez pastki jag‘ning ichki yuzasiga, medial tomondan en-
gak-til osti, til osti-til va engak-til mushaklariga tegib turadi. Til
osti bezi mayda bo‘lakchalardan iborat bo‘lib,
ularning alohida
mayda naychalari til osti burmasi bo‘ylab ochiladi. Uning kat-
ta nayi pastki jag‘ osti bezi nayi bilan birga til osti so‘rg‘ichiga
ochiladi.
Og‘iz bo‘shlig‘i fiziologiyasi
Og‘iz bo‘shlig‘ida ovqatni birlamchi mexanik va kimyoviy
ish lanishi boshlanadi, shuningdek, ta’m
bilish retseptorlari vo-
sitasida uning ta’mi va organizmga yaroqliligi aniqlanadi. Og‘iz
bo‘shlig‘ida ovqat 15–20 soniya davomida maydalanadi, so‘lak-
ni shimadi, ovqat luqmasi hosil bo‘ladi va yutiladi. Shu qisqa va-
qt ichida so‘lak fermentlari ta’sirida uglevod lar qisman parcha-
lanadi.
So‘lak bezlarining ishlab chiqargan suyuqligi – so‘lak kuch-
siz ishqoriy muhitli suyuqlik bo‘lib tarkibida asosan amilaza fer-
menti, noorganik tuzlar, oqsil va mutsin bo‘ladi. So‘lak amilazasi
kraxmalni disaxarid va maltazagacha parchalaydi. Mutsin so‘lakni
cho‘ziluv chan qilib, ovqat luqmasini yopishtiradi
va uni sirpanuv-
chan qiladi. So‘lak fermentlari ovqat bilan oshqozonga tushgach,
oshqozon shirasi ta’sirida o‘z faoliyatini to‘xtatadi.
So‘lak bezlarining sekretsiyasi ovqatni ko‘rganda va ovqatlan-
gan vaqt da boshlanadi. Og‘izga qandaydir modda kirganida, og‘iz
bo‘ shlig‘ida joylashgan retseptorlar qo‘zg‘alishi ro‘y beradi. Ret-
septorlarning qo‘z
g‘alishi markazga intiluvchi sezuvchi nervlar
211
orqali uzunchoq miyada joylashgan so‘lak ajratuvchi o‘zaklar-
ga o‘tkaziladi. Bu o‘zaklardan qo‘zg‘alish sekretor nervlar or-
qali so‘lak bezlariga yetib keladi va so‘lak ajratishni chaqiradi.
Nerv tizimi ta’sirida bezning qo‘zg‘alish
mexanizmi refleks deyi-
lib, retse ptordan effektorgacha nervlardan tashkil topgan yo‘l re-
flektor yoyi deyiladi.
Parasimpatik va simpatik nervlar so‘lak bezlarining sekretor
nerv lari bo‘ladi. Parasimpatik nerv qo‘zg‘alganida – ko‘p miq-
dorda suyuq so‘ lak ajraladi, simpatik nerv qo‘zg‘alganda esa –
oz miq dorda cho‘ziluv chan so‘lak ajraladi. Odamda shartsiz va
tug‘ma reflekslardan tashqari hayot jarayonida murakkab shartli
reflekslar paydo bo‘ladi. Odam ovqat ni ko‘rganida, hidini sezga-
nida va ovqat haqida so‘zlashishi ham so‘lak
ajralishini keltirib
chiqirishi mumkin.
Odamning so‘zlash faoliyati taroqqiyoti bilan bog‘liq ravishda
og‘izning shilliq pardasini namlab turuvchi mayda so‘lak bezlari
doim faoliyat ko‘rsatadi. Og‘izning shilliq pardasi orqali ba’zi do-
ri moddalar (nitroglitserin) so‘riladi.
Yutish.
Og‘iz bo‘shlig‘ida hosil bo‘lgan ovqat luqmasi til
mushak larining qisqarishi ta’sirida til ildiziga qarab yo‘naladi.
Ovqat til il di ziga yoki yumshoq tanglayga tekkanida reflektor ra-
vishda yutish harakati boshlanadi. Bunda yumshoq tanglay yuqo-
riga ko‘tarilib, halqumning orqa devoriga
yaqinlashadi va burun
bo‘shlig‘iga ki rishni yopadi. Shu bilan bir vaqtda hiqildoq yuqo-
riga ko‘tariladi va til ildizi hiqildoq usti tog‘ayini bosib hiqildoq-
qa kirish teshigini berkitadi. Halqumning boshlang‘ich qismiga
o‘tgan ovqat luqmasi uning mushaklarini qisqarishi bilan qizil-
o‘ngachga suriladi. Qizilo‘ngach mushaklarining to‘lqinsimon qis-
qarishi ovqat luqmasini oshqozonga o‘tkazadi. Og‘iz bo‘shlig‘idan
to osh qozongacha bo‘lgan masofani quyuq ovqat 6–8 sekundda,
suyuq ovqat esa 2–3 sekundda o‘tadi.
Dostları ilə paylaş: