222
past da, old tomondan katta charvi bilan yopilgan, 14–16 qovuz-
loq hosil qilib joylashadi. Uning 2/5
qismi och ichakka, 3/5 qis-
mi yonbosh ichakka to‘g‘ri keladi. Bu ikki bo‘lim o‘rtasida aniq
chegara yo‘q.
Och ichak o‘n ikki barmoq ichakning bevosita davomi bo‘lib,
qorin bo‘shlig‘ining chap yuqori qismida yotadi. Uning qovuzloq-
lari gorizontal joylashgan. Yonbosh ichak
qorin bo‘shlig‘ining
o‘ng past ki qismini egallab, o‘ng yonbosh chuqurchasida ko‘r-
ichakka o‘tib ketadi. Uning qovuzloqlari vertikal joylashgan. In-
gichka
ichak devori shilliq parda, shilliq osti asosi, mushakli qa-
vat, seros pardadan iborat.
Ingichka ichakning shilliq pardasi
pushti rangda bo‘lib, un-
da 650
taga yaqin, balandligi 8 mm gacha bo‘lgan halqasimon
burmalar bor. Burmalarning balandligi och ichakdan yonbosh
ichakka qarab kamayib boradi. Ingichka ichakning shilliq par-
dasi bir qavat silindrsimon epiteliy bilan qoplangan.
Shilliq par-
dada ko‘p sonli (4–5 mln) uzunligi 0,2–1,2 mm bo‘lgan ichak
vorsinkalari
(116-rasm) bo‘lib, unga duxobaga o‘x shash ko‘rinish
beradi. Vorsinkalar va burmalar hisobiga shilliq pardaning ovqat
so‘ruv chi yuza si 24 marta kattala shadi. Vorsinkalarning miq dori
och ichakda ko‘proq bo‘lib, ular
bu sohada ingichka va uzun-
roq bo‘ladi. Ularning markazida limfa sinusi, uning atrofida esa
qon tomir lar joylashgan. Vorsinkaga arteriola kirib, kapillyarga
bo‘linadi va undan venulla chiqadi. Ingichka
ichak shilliq parda-
sini qoplagan epiteliy hujayralari o‘rtasida ko‘p sonli shilliq ish-
lab chiqaruv chi qadahsimon hujayralar uchraydi. Ovqat bo‘tqa-
sidan yog‘lar limfa tomirlarga, oqsil, uglevodlar vena tomirlariga
so‘riladi. Vorsinkalar oralig‘iga
ichak bezlarining
nayi ochiladi.
Ingichka ichak shilliq qavatida ko‘p sonli (15000 ga yaqin) yak-
ka holdagi limfatik follikulalar va limfatik
follikulalar to‘plami (20–30 ta)
Dostları ilə paylaş: