218
Tashqi
seroz parda
qorinpardaning
visseral varog‘idan hosil bo‘lib, oshqo-
zonni hamma tomondan o‘raydi.
Oshqozon fiziologiyasi.
Qabul qi-
lingan ovqat oshqozonda 4 dan 10
soat gacha turadi va shu vaqt ichida
ovqat massasi mexanik va kimyo
viy
parchalanadi.
Ovqat massasini mexa-
nik parchalanishi osh qozon mushak-
larini tonik va peristaltik qisqarishi
ta’siri ostida ro‘y beradi. Tonik qisqa-
rish uzoq vaqt va beto‘xtov
davom eta-
di. Peristaltik qisqarish oshqozonning
kardial qismidan boshlanib, to‘lqinsi-
mon pilorik qismiga qarab yo‘naladi.
Shunday qilib aralashgan ovqat mas-
sasi osh qozon shirasi ta’siriga uchraydi
va kimyoviy parchalanib
suyuq bo‘tqaga aylanadi.
Oshqozon shirasi oshqozon bezlari mahsuli hisoblanadi. U ti-
niq, rangsiz suyuqlik, tarkibida xlorid kislota bo‘lgani uchun mu-
hiti kis lotali. Oshqozon shirasi tarkibiga pepsin, gastriksin va li-
paza
fermentlari, 0,5 % xlorid kislota, shuningdek, mutsin kira-
di. Oshqozon shirasi tarkibida lizotsim fermenti va HCl bo‘lgani
uchun u bakteri tsid xususiyat ga ega. Odamda bir sutkada 1,5–2,5
l
osh qozon shirasi ish lab chiqariladi. Oshqozonda ovqat bo‘lmagan-
da, uning bezlari
shira ishlab chiqarmaydi, shilliq parda yuzasi esa
shilliq bilan qoplangan. Ovqat yeyish bosh langandan 5–10 daqiqa
o‘tgach, bezlar shira ishlab chiqara boshlaydi va sekretsiya jarayo-
ni oshqozonda ovqat tugamaguncha davom etadi.
Shira ajralishi ovqatning sifati va miqdoriga bog‘liq. O‘simlik
oqsillari hayvoniy oqsillarga qaraganda qiyinroq hazm bo‘ladi.
Shira ning hazm kuchi nonga eng uzoq ta’sir qiladi, 200
g nonni
hazm qilishda sekretsiya davri o‘rtacha 10 soat, 200 g go‘sht uchun
8 soat, 600 g sut uchun 6 soat, go‘shtli ovqat yeganda kislotali
yuqo ri, sutli ovqatda kamroq, non yeganda undan ham kam.
Bo‘sh oshqozon har 60–80
daqiqada davriy qisqaradi, bu
qisqa rish larni ochlik qisqarishlari deb nomlanadi. Qisqarish davri
10–15 daqiqa davom etib, tinchlik davri bilan almashinadi. Bu
qisqarishlar ochlik sezgisini keltirib chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: