Anatomiya 2014. indd


yakka holdagi follikulalar



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya


yakka holdagi follikulalar

yo‘g‘on ichak 
bezlari va qadah simon hujay ralar ko‘p. Shilliq osti asosi yaxshi ri-
vojlangan bo‘lib, shilliq pardada burmalar hosil bo‘lishida uning 
ahamiyati katta. Mu shak parda
 
ikki qavat dan iborat. Bo‘ylama 
qavat
 
uchta tasma shaklida joylashgan bo‘lib, halqali qavat yarim 
oysimon burmalar ostida biroz qalinlashadi. Seroz parda
 
yo‘g‘on 
ichakning hamma qismini bir xil o‘ramaydi. Seroz parda osti aso-
si yo‘g‘on ichakning qorin parda bilan o‘ralgan qismida uchraydi. 
U mushak qavatni seroz qavatdan ajratib turadi.
Ko‘richak o‘ng yonbosh chuqurchasida joylashgan. U yo‘g‘on 
ichakning boshlang‘ich kengaygan, yonbosh ichakning yo‘g‘on 
ichakka tushish joyidan pastdagi qismi (117-rasm). Ko‘r ichak qo-
rinparda bilan hamma tomondan o‘ralgan bo‘lib, uzunliga 6–8 sm, 
kengligi 7–7,5 sm. Uning orqa medial yuzasida mushak tasmala-
ri o‘zaro birikkan joydan chuvalchangsimon o‘simta boshlanadi. 
U qorinparda bilan hamma tomondan o‘ralib tutqich
 
hosil qiladi. 
Chuvalchang simon o‘simtaning uzun ligi va joylashishi ko‘richakning 
holati va uzunligiga bog‘liq. Asosan u o‘ng yonbosh chuqurchasida, 
ba’zan yuqori, pastroqda yoki ko‘richakning orqasida bo‘lishi mum-
kin. Ko‘richakning ichki yuzasiga ochiladigan chu valchangsimon 
o‘simta teshigi atrofida shilliq parda burmasi shaklidagi qopqoq bor. 
Chuvalchangsimon o‘simtaning shilliq pardasida juda ko‘p to‘plan-
gan
 
limfoid follikulalar joylashgan. Yonbosh ichakni ko‘richakka 
o‘tish joyida yaxshi taroqqiy etgan burma shaklidagi qopqoq
 
bor. U 
quyg‘ich shaklida bo‘lib, tor qismi ko‘richak bo‘shlig‘iga qaragani 
uchun ovqat massasini bir tomonga qarab o‘tkazadi.
Ko‘tariluvchi chambar ichak

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin