Anatomiya 2014. indd


Siydik va uning xususiyatlari



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Siydik va uning xususiyatlari
. Siydik och-sariq rangli tiniq 
suyuq lik. U 95 % suv va 5 % qattiq moddadan iborat. Siydik-
ning qattiq moddasining tarkibiy qismini siydikchil (2 %), siydik 
kislotasi (0,05 %) va kreatinin (0,075 %) tashkil qiladi. Siydikda 
natriy va kaliyning turli xil tuzlari bor. Bir sutkada siydik bilan 
25–30 g siydikchil, 15–25 g noorganik tuzlar chiqariladi. Siy-
dikning nisbiy zichligi 1,010–1,020. Uning reaksiyasi qabul qili-
nayotgan ovqatga bog‘liq ravishda nordon, neytral yoki ishqoriy 
bo‘lishi mumkin.
Buyrakning funksial sinamalari
. Buyrakda siydikni hosil 
bo‘lishi qon plazmasini buyrak koptokchasi kapillyarlaridan kap-
sula bo‘sh lig‘iga ultrafiltratsiyasidan boshlanadi. Koptokcha fil-
tri plazmaning oqsildan boshqa barcha tarkibiy qismlari uchun 
o‘tkazuvchan. Filtr langan qonni hajmi koptokchaning olib keluv-
chi va olib ketuv chi qon tomirlardagi bosimning farqiga bog‘liq. 
Hosil bo‘lgan filtrat naychalardan o‘tib kuchli qayta so‘rilishga 
yoki reabsorbsiyaga uchraydi. Filtrlangan suvni 98 %, natriyni 
99 %, glukoza, amino kislotalar, fosfat, sulfatlarning ko‘p qismi 
va boshqalar reabsorbsiya qilinadi. Bu moddalarni va suvni qay-
ta so‘rilishi naychalardan o‘tayotgan qonning tarkibiga bog‘liq 
bo‘ladi va naychalar epiteliy hujayralarini faol fermentativ fao-
liyati yo‘li bilan amalga oshiriladi. Suv va natriyni reabsorbsiyasi 
gipofizning antidiuretik gormoni va buyrak usti bezining minera-
lokortikoid gormonlari bilan bosh qariladi.
Organizmga kerak moddalarni reabsorbsiya qilishdan tashqari 
naychalar epiteliyi organizm uchun yot bo‘lgan vodorod ionlarini va 
ammoniyni naychalar ichiga chiqaradi.
Buyrak buzilganida filtratsiya, reabsorbsiya va sekretsiya bu-
ziladi. Bu buzilishlarni aniqlash uchun birnecha funksional si-
namalar taklif etilgan. Ulardan eng soddasi siydikni zichligini 
va miqdorini uch soatlik qism larda aniqlashga asoslangan. Sutka 


275
davomida sog‘lom buyraklar orqali qabul qilingan suvning 80 % 
ajratib chiqariladi. Ayrim qismlarda zich moddalarning miqdori
zichligi 1008–1035 gacha o‘zgarib turadi.
Shuningdek, siydikni kunduzi va kechasi ajralishini – diu-
rezni tek shirishni ham ahamiyati katta. Sog‘lom odamlarda diu-
rez kechasi sezilarli kamayadi, siydikning konsentratsiyasi oshadi. 
Buyrakning faoliyati yetishmagan bemorlarda kechasidagi diurez 
kunduzgidan farq qilmaydi, ba’zi hollarda kuchayadi, bunda siy-
dikning zichligi biroz o‘zgaradi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin