286
yuqo riga siydik qopining tubiga, urug‘ pufakchalari va urug‘ olib
ketuvchi nayga
qaragan prostataning tubi,
pastga qaragan pros-
tataning cho‘qissi
tafovut qilinadi. Bezning cho‘qqisi siydik-ta-
nosil diafragmasida yotadi. Bezning oldingi yuzasi
qov simfizi-
ga qaragan bo‘lib, undan bo‘sh kletchatka
va uni ichida joylash-
gan vena chigali vositasida ajralib turadi. Orqa yuza si
to‘g‘ri
ichak ampulasiga tegib, undan biriktiruv chi to‘qimali qatlam bi-
lan ajralib turadi. Bezni to‘g‘ri ichakka
tegib turgani uchun uni
tirik odamda to‘g‘ri ichakning oldingi devori orqali paypaslab
ko‘rish mumkin.
Prostataning kengligi 4 sm, uzunligi 3 sm, qalinligi 2 sm, og‘ir-
ligi 20–25 g. Uning ikki: o‘ng
va chap bo‘laklari bo‘lib, ular o‘zaro
oldingi yuza sidan o‘tgan uncha chuqur bo‘lmagan egat vositasida
ajralib turadi. Prostata asosining orqa yuzasida siydik chiqarish nayi
bilan urug‘ otuv chi nay o‘rtasida bo‘rtib
chiqqan qismi prostataning
toraygan qismi
yoki o‘rta bo‘lagi deyiladi.
Uning bu qismi keksa odamlarda kattalashib ketib, siydik
chiqarish nayini berkitib qo‘yishi mumkin. Prostata tashqi tomon-
dan prostataning g‘ilofi
Dostları ilə paylaş: