69
gruentli, shakli yoki kattaligi jihatidan
mos kelmasa inkongruentli deyiladi.
Bo‘g‘im tog‘ayi
0,2–1,5 mm ga-
cha qalinlikda bo‘ladi. Ular asosan gialin
tog‘ay bilan qoplangan bo‘lib, faqat ba’zi
bo‘g‘imlarda (chakka-pastki jag‘, to‘sh-
o‘mrov) tolali tog‘ay uchraydi.
Bo‘g‘im tog‘ayining tashqi yuzasi sil-
liq bo‘lib, bo‘g‘im yuzalarini bir-biri-
da sirpanishiga yordam beradi. Bo‘g‘im
tog‘ayi elastik bo‘lib, harakat qilgan va-
qtda suyaklarni uchlarining lat yeyishdan
saqlaydi.
Bo‘g‘im xaltasi
suyaklarning bo‘g‘im
hosil qiluvchi uchlari va ular o‘rtasida-
gi bo‘shliqni atrofidan o‘raydi. Bo‘g‘im
xaltasi bo‘g‘im yuzasining chekkasiga yo-
ki bir oz chetroqqa yopishib bo‘g‘im-
ni germetik yopib turadi. U ikki: fibroz
to‘qimadan tuzilgan tashqi qavat va ich-
ki sinovial membranadan iborat. Tashqi fibroz qavat
tolali birikti-
ruvchi to‘qimadan iborat, unda kollagen tolalari ko‘p bo‘ladi. U
bo‘g‘im xaltasining mustahkamligini ta’minlaydi.
Bo‘g‘im xaltasining ichki qavati sinovial parda
bo‘g‘im ichida-
gi bo‘g‘im tog‘ayidan boshqa hamma narsani o‘rab turadi. Uning
tarkibida kollagen va elastik tolalari bor. Ba’zi bir bo‘g‘imlarda
sinovial parda burmalar hosil qiladi; ular ichidagi yog‘ to‘qima-
si bo‘g‘im bo‘shlig‘i ichidagi bo‘sh joylarini to‘latib turadi. Sino-
vial parda qon, limfa tomir lari va nervlarga boy va juda sezuv-
chan. Sinovial parda bo‘g‘im ichiga sarg‘ish rangli tiniq (sinovial)
suyuqlik chiqaradi. Suyuqlik bo‘g‘im tog‘aylari yuzasini namlab,
ishqalanishni kamaytiradi va bo‘g‘imlar harakatini yengillashti-
radi.
Bo‘g‘im bo‘shlig‘i
sinovial parda bilan suyaklarning bo‘g‘im
yuzalari o‘rtasida tor yoriq shaklida bo‘ladi. Uning shakli suyaklar-
ning bo‘g‘im yuzalari hamda bo‘g‘im ichidagi yordamchi element-
larga bog‘liq.
Bo‘g‘imlarning yordamchi elementlariga bo‘g‘im diski, menisk-
lar bo‘g‘im labi va boylamlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: