Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
(periost)
 
bilan qoplangan. Pe-
riost yup qa pishiq biriktiruvchi to‘qimadan iborat. U suyak ichiga 
18-rasm. Suyaklar-
ning turlari:
1–havo saq lovchi 
suyak; 2–uzun 
naysimon suyak;
3–yassi suyak; 
4–g‘ovak suyak; 
5–aralash suyak.


65
kiruvchi tolalar vositasida suyakka yopishib turadi. Periost ikki: 
tashqi tolali fibroz to‘qima qavati va qon tomir hamda nervlarga 
boy bo‘lgan suyak hosil qiluv chi ichki (kambial) qavatlardan ibo-
rat. Uning kambial qavati suyakka tegib turadi va yosh suyak hu-
jayralarini hosil qilib, suyakning o‘sishida ahamiyatga ega.
G‘ovak suyaklar: a) uzun g‘ovak suyaklar (to‘sh suyagi va qo-
vurg‘alar). Ular asosan g‘ovak moddadan tuzilgan bo‘lib, yupqa 
zich modda qatlami bilan qoplangan. b) kalta g‘ovak suyaklar 
ko‘p qirrali shaklga ega (qo‘l kaftining kaft usti sohasi va oyoq 
panjasining kaft usti sohasi suyaklari).
Yassi suyaklar himoya vazifasini bajarib, tana bo‘shliqlari-
ni hosil qilishda ishtirok etadi (kalla qopqog‘i, chanoq va kurak 
suyaklari). Bu suyaklar: tashqi va ichki zich qavat
 
o‘rtasida joy-
lashgan mayda katakchali g‘ovak moddadan
 
tashkil topgan.
Aralash suyaklar turli xil tuzilishga ega qismlardan iborat. 
Umurt qaning tanasi tuzilishi jihatidan g‘ovak suyaklarga, ravog‘i 
va o‘siqchalari yassi suyaklarga kiradi.
Havo saqlovchi suyaklar tanasida shilliq parda bilan qoplan-
gan havo bilan to‘la bo‘shliq bo‘ladi. Ularga kallaning peshona, 
ponasimon, ust ki jag‘ va g‘alvirsimon suyaklari kiradi. Ulardagi 
bo‘shliqlar burun yon bo‘shliqlarini tashkil qiladi. Chaqaloqlar-
da ular rivojlanmagan bo‘lib, kallaning o‘sishi bilan birga hosil 
bo‘ladi.
Har bir suyakning yuzasida mushaklar, ularning paylari, fas-
siya, boy lamlar boshlanadigan va birikadigan hosilalar bo‘ladi. 
Ular apo fiz lar deb ataladi. Bularga do‘mboq, do‘mboqcha,

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin