Anatomiya 2014. indd


Oyoqning erkin qismi suyaklari



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Oyoqning erkin qismi suyaklari
Oyoq skeletining erkin qismi
 
son suyagi

tizza qopqog‘i,
 
boldir 
su yaklari va oyoq panjasi skeletidan tashkil topgan.
Son suyagi
(femur,
 
50-rasm) odam organizmidagi eng uzun va 
katta naysimon suyak. Uning tanasi, yuqori va pastki uchlari ta-
fovut qilinadi. 
Son suyagining yuqori uchida chanoq suyagi sirka kosachasi 
bilan bo‘g‘im hosil qiladigan sharsimon son suyagining boshcha-
si
 
bor. Bosh chaning bo‘g‘im yuzasi yuqoriga va medial tomonga 
qaragan. Uning o‘rtasida son suyagi boshchasining chuqurchasi
 
bo‘lib, unga son suyagi boshchasidagi boylam birikadi.
Son suyagining bo‘yni
 
suyak tanasiga 130° o‘tmas burchak 
hosil qilib qo‘shilgan. Suyak bo‘yni bilan tanasi o‘rtasida mu-
shaklar birikadigan ikkita 
ko‘st
bor. Katta ko‘st yuqori va late-
ral joylashgan bo‘lib, uning medial yuzasida mushaklar birikadi-
gan ko‘st chuqurchasi bor. Kichik 
ko‘st 
suyak bo‘ynining pastki 
chekkasida orqaroqda va medialroq joy-
lashgan. 
Ko‘st
lar old tomondan o‘zaro 


101
ko‘stlararo chiziq,
 
orqa tomondan esa ko‘stlararo qirra vositasi-
da birikib turadi.
Son suyagi tanasi oldinga qarab biroz bukilgan silindrsimon 
shaklda, oldingi yuzasi silliq. Suyak tanasining orqasida g‘adir-
budir chiziq bo‘lib, u medial va lateral lablarga ajragan. Lablar 
suyak tanasining o‘rta qismida bir-biriga yaqin tursa, yuqoriga va 
pastga yo‘nalib bir-biridan ajraladi. Yuqoriga qarab lablar katta 
va kichik ko‘stlar tomonga yo‘naladi. Lateral lab kengayib katta 
dumba mushagi birikadigan dumba g‘adir-budirligini hosil qilsa
medial lab taroqsimon chiziqqa o‘tib ketadi. Past ga tomon ikkala 
lab bir-biridan uzoq lashib, uchburchak shaklidagi taqim yuza sini 
chegaralaydi. Son suyagining pastki (distal) uchi kengayib, ikki-
ta yumaloq do‘nglik hosil qiladi. Medial do‘nglik lateralidan kat-
taroq. Ular orqa tomonda o‘zaro do‘nglar orasidagi chuqurcha 
bilan ajrab turadi. Do‘nglarning yon tomonida medial va late-
ral do‘ng usti do‘mboqchasi ko‘rinib turadi. Do‘nglarning oldingi 
yuza lari o‘rtasida tizza qopqog‘i yuzasi bor.
Har bir do‘ng usti do‘mboqchasi sohasida do‘ng usti chiziqla-
ri bor. Lateral do‘ng ustidagi do‘mboqcha sohasida taqim egati 
joylashgan.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin