Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Kichik boldir suyagi
(fibula, 49-rasm) katta boldir suyagiga 
nisbatan ingichka bo‘lib uchlari yo‘g‘onlashgan. Uning yuqorigi 
uchida kichik boldir suyagi boshchasi va uning uchi,
 
medial to-
monida esa katta boldir suyagiga birikadigan kichik boldir suyagi 
boshchasining bo‘g‘im yuzasi joylashgan. Pastga tomon boshcha 
torayib kichik boldir suyagi bo‘yinchasini hosil qilib suyak tana-
siga o‘tadi.
Kichik boldir suyagining tanasi uch qirrali, o‘zining bo‘ylama 
o‘qi atrofida biroz buralgan. Tanada oldingi qirra,
 
orqa qirra va 
katta boldir suyagiga qaragan suyaklararo qirra
 
tafovut qilinadi. 
Ular lateral yuza,
 
orqa yuza va medial yuzani bir-biridan ajratib 


103
turadi. Suyakning pastki uchi kengayib, katta boldir suyagini me-
dial to‘pig‘idan uzunroq bo‘lgan lateral to‘piqni hosil qiladi. La-
teral to‘piqning ichki tomonida oshiq suyak bilan birlashadigan 
lateral to‘piqning bo‘g‘im yuza si,
 
uning orqasida esa kichik boldir 
mushaklari payi o‘tadigan lateral to‘piqning chuqurchasi bor.
Oyoq panjasining suyaklari
Oyoq panjasining suyaklari
(ossa pedis,
 
52-rasm) xuddi qo‘l 
panjasiga o‘xshab kaft usti soha suyaklari, oyoq kafti suyaklari va 
barmoq suyaklaridan iborat.
Kaft usti soha suyaklari
(ossa tarsi) ikki qator joylashgan 7 
ta g‘ovak suyakdan iborat. Orqa (proksimal) qatorda 2 ta katta: 
oshiq va tovon suyaklari, oldingi (distal) qatorda qayiqsimon, la-
teral, oraliqdagi, medial ponasimon va kubsimon suyaklar bor.
Oshiq suyagi
(talus)
 
yirik bo‘lib, uning boshchasi,
 
tanasi
 
va 
ularni biriktirib turuvchi tor bo‘yinchasi

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin