112
Katta va kichik boldir suyaklari o‘zaro uzluksiz va uzlukli
birlash malar vositasida birikadi.
Boldir suyaklari o‘rasidagi bo‘g‘im
kichik boldir suyagi bosh-
chasining bo‘g‘im yuzasi bilan katta boldir suyagining kichik boldir
bo‘g‘im yuzasi o‘rtasida bo‘ladi. Suyaklarning bo‘g‘im yuzasi yassi
bo‘lgani uchun yassi bo‘g‘imlar turkumiga kiradi. Bo‘g‘im xalta-
si tarang bo‘lib, bo‘g‘im yuzalarining chekkasiga birikadi. Bo‘g‘im
xal tasini tashqi tomondan ikki suyak o‘rtasida tortilgan kichik bol-
dir suyagi boshchasining oldingi va orqa boylamlari mustahkam-
lab turadi. Bu bo‘g‘imda harakat chegaralangan bo‘ladi.
Boldir suyaklarining pastki uchlari o‘zaro uzluksiz birlashma-
boldir suyaklariaro sindesmoz hosil qilib birlashadi. Bunda katta
boldir suyagining kichik boldir kemtigi va lateral to‘piqning bo‘-
g‘im yuza si ishtirok etadi. Bu bo‘g‘im harakatsiz bo‘lib, uni tashqi
tomondan lateral to‘piq va katta boldir suyagi o‘rtasida tortilgan
oldingi va orqa boldir suyaklariaro boylamlar mustahkamlab tu-
radi. Bu ikki birlashmadan tashqari boldir suyaklarining suyaklar-
aro qirralari o‘rtasida suyaklararo parda tortilgan bo‘ladi. Bu par-
da bilakdagiga nisbatan qalin va mustahkam bo‘lib, uning yuqori
va pastki qismlarida qon tomirlar uchun teshiklar bor.
Dostları ilə paylaş: