Anatomiya 2014. indd


OYOQ SUYAKLARINING BIRLASHUVI



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

OYOQ SUYAKLARINING BIRLASHUVI
Oyoq kamari suyaklarining birlashuvi
Oyoq kamari suyaklarining bo‘g‘imlari chanoq suyaklarini 
o‘zaro va dumg‘aza suyagi bilan birlashuvidan hosil bo‘ladi. Orqa 
tomondan chanoq suyaklari dumg‘aza suyagi bilan juft dumg‘aza-
yonbosh bo‘g‘imini hosil qilsa, old tomondan qov simfizini ho-
sil qiladi.
Dumg‘aza-yonbosh bo‘g‘imi
(articulatio sacroiliaca,
 
53-rasm) 
chanoq va dumg‘aza suyaklarining quloqsimon yuzalarini birlashi-
shidan hosil bo‘ladi. Bu suyaklarning bo‘g‘im yuzalari yassi bo‘lib, 
yup qa tolali tog‘ay bilan qoplangan. Bo‘g‘im yuzalari yassi bo‘lga-
ni uchun yassi bo‘g‘imlar guruhiga kiradi. Shunga qaramay bu 
bo‘g‘imning boylamlari mustahkam bo‘lgani uchun harakatsiz 
bo‘g‘im hisob lanadi. Bo‘g‘im xaltasi tarang va juda pishiq bo‘ladi. 
U dumg‘aza va chanoq suyaklarining suyak usti pardasiga birikib 
ketadi. Bo‘g‘im xaltasi old tomondan ko‘ndalang va qiyshiq yo‘na-
lishdagi oldingi dum g‘aza-yonbosh boylami
 
bilan mustahkamla-
nadi. U yupqa bo‘lib, bo‘g‘im xaltasiga birikib ketgan. Bo‘g‘im-
ning orqa tomonida dum g‘aza va yonbosh bo‘rtiqlari oralig‘idagi 
ingichka yoriqni to‘ldirib turuvchi mustahkam suyaklararo dum-
g‘aza-yonbosh boylami bo‘lib,
 
u eng pishiq boylam hisoblanadi va 
bo‘g‘im xaltasining orqa yuzasiga birikib ketadi.
Bo‘g‘imni orqa tomondan qoplagan orqa dumg‘aza-yonbosh 
boylami yonbosh suyagining ustki va pastki orqa yonbosh o‘sim-
talaridan boshlanib, dumg‘aza suyagining tash qi qirrasiga biri-
kadi. Bu bo‘g‘imni mus tahkamlashda pastki ikkita bel umurtqa-
larining ko‘n dalang o‘simtalaridan, yonbosh suyagi qirrasiga va 
53-rasm. O‘ng dumg‘aza-yonbosh bo‘g‘imi va cha-
noq boylamlari. Old tomondan ko‘rinishi:
1–yonbosh-bel boylami; 2–oldingi bo‘ylama boy-
lam; 3–oldingi dumg‘aza-yonbosh boylami; 4–tur-
tib chiqqan joy; 5–katta quymich teshigi; 6–dum-
g‘za-o‘tkir qirrali o‘simta boylami; 7–dumg‘aza-
quymich do‘mbog‘i boylami; 8–kichik quymich 
teshigi; 9–oldingi dum g‘aza-dum boylami; 10–yon-
bosh-qov tepachasi; 11–yonbosh suyagining oldingi 
pastki o‘sig‘i; 12–yonbosh suyagining oldingi ustki 
o‘sig‘i; 13–yonbosh chuqurchasi.


107
yonbosh g‘adir-budurligiga birikuv chi yonbosh-bel boylami ish-
tirok etadi.
Chanoq suyagi dumg‘aza bilan dumg‘aza-yonbosh bo‘g‘imi-
dan ma’ lum masofada joylashgan ikkita boylam vositasida ham 
birla shadi.
l. Dumg‘aza-quymich do‘mbog‘i boylami

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin