462
Nerv tizimining kuchli turi ikkiga: muvozanatlashgan va mu-
vo za nat lashmaganga bo‘linadi. Muvozanatlasmaganda qo‘zg‘alish
jara yo ni, tormozlanish jarayoniga nisbatan ancha kuchli. I.P. Pav-
lov uni qo‘z g‘aluv chan, tiyib bo‘lmaydigan deb atagan. Muvozanat-
lash gan tur nerv jarayonlarning harakatchanligiga
qarab ikki xil
bo‘ladi. Harakatchan tur yangi sharoitga tez moslashadi va to‘g‘ri
qaraydi. Kamharakat turda moslashish qiyin va sekin o‘tadi.
Oliy nerv faoliyatining to‘rt turi
(I.P.Pavlov bo‘yicha)
I.P.Pavlov tomonidan ajratilgan nerv tizimi turlari Gippokrat-
ning mijozlar haqidagi tasnifiga to‘g‘ri keladi. U odamni to‘rt tur-
ga: I xolerik (qiziqqon, serjahl), II sangvinik (dadil, serharakat),
III flegmatik (sovuqqon, kamharakat, vazmin)
va IV melanxolik
(g‘amgin, bo‘shang) ajratadi.
Nerv tizimi turlari tug‘ma, irsiy bo‘lib, unga atrof-muhit ma’-
lum bir ta’sir ko‘rsatadi. Xususiyatlar ota-onadan o‘tsa, xarakter
shaxsiy hayotda orttiriladi.
Bosh miya pardalari
Bosh miya ham xuddi orqa miyadek uchta parda bilan o‘ralgan
(196-rasm). Bu pardalar bosh miyani o‘rab,
katta teshik sohasida
orqa miya pardalariga o‘tib ketadi. Bosh miyaning qattiq, to‘r va
yumshoq pardalari tafovut qilinadi.
Bosh miyaning qattiq pardasi
(dura mater encephali)
pishiq
bo‘ lib, tarkibida kollogen va elastik tolalari bo‘lgan biriktiruvchi
to‘qimadan iborat. Kalla bo‘shlig‘ini ichki tomondan qoplab, u
kallaning miya qismi suyaklarini qoplovchi
suyak usti parda va-
zifasini ham bajaradi.
Kalla qopqog‘i suyaklari bilan u pishiq birikmagan bo‘lib,
oson ajraladi. Kalla asosi suyaklari bilan u choklarning chekka-
463
lari va te shiklar sohasida mustahkam birikkan. Qattiq pardaning
to‘rsimon pardaga qaragan ichki yuzasi silliq. Ba’zi
sohalarda qat-
tiq parda bo‘linib, endoteliy bilan qoplangan uchburchak shakli-
dagi vena sinuslarini hosil qiladi. Vena sinus lariga qon bosh miya
va kalla suyaklari venalaridan oqib keladi.
Dostları ilə paylaş: